Smartfonlar zilziladan xabar berishi mumkin
28.04.2015
Rukn: Mobil aloqa, Texnologiya.
Muallif: .

smart_28_04_2015

Zamonaviy smartfonga kiritilgan sensorlar foydalanuvchi joylashgan joyni nafaqat qayd etishi, balki ekraniga bog‘liq holda holatni ham ko‘rsatishi mumkin. AQSH tadqiqotchilari guruhi smartfonlar zilzilani bashorat qilib, sodir bo‘lishi oldidan xabar berishi va ko‘plab inson hayotini saqlab qolishi mumkinligini isbotladilar.

Smartfonlardan shunday tizim sifatida foydalanish g‘oyasi ancha ilgari yaratilgan, biroq zamonaviy navigatsiya texnologiyalari rivojlanishining hozirgi bosqichida, haqiqatda mazkur foydali va amaliy imkoniyat taqdim etildi. Smartfondagi akselerometr va kiritilgan ilovalar evaziga 7 va undan yuqori ball zilzilani bashorat qilish imkoniyati yuzaga keldi. Bunda foydalanuvchilar sanoqli soniyalarda xavf haqida xabar oladilar. Akselerometr va GPS-modul axborotlarni jamlab, haqiqiy vaqt rejimida seysmik faollik xaritasini taqdim etadi. Eng asosiysi, bu katta xarajat talab etmaydi. Smartfon zamonaviy apparatlari foydalanuvchilarga maxsus ilovalarni o‘rnatib, ma’lumotlar to‘plash va tahlil markazlariga jo‘natish imkonini beradi. Yuqori aniqlikdagi ishchi tizimni yaratish uchun tadqiqotchilarga seysmik faol mintaqalardagi ma’lumotlar yetarli bo‘lmayapti. Bu borada hali katta ishlarni amalga oshirishlari zarur.

Manba: www.digitaltrends.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq