Robotlashgan texnika sohasida yangi ishlanmalar
28.04.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

robot_28_04_2015

Festo kompaniyasi Germaniyada o‘tadigan Hannover Messe ko‘rgazmasi bionik texnologiyalardan foydalanish uchun uchta ishlanmani tayyorladi. Ulardan biri — BionicANT chumoli-robotlar to‘dasi bo‘lib, o‘zlarini huddi haqiqiy chumoli kabi tutadi. Ularning murakkab boshqaruv algoritmi yordamida kompaniya xodimlari haqiqiy hayotda uchraydigan chumoli jamoasi xulq-atvoridan nusxa olishga erishdilar. Chumoli-robotlar bir-birlari bilan muloqot qilib, o‘z harakatlarini muvofiqlashtira oladilar.

robot_28_04_2015_1

Har bir sim oyoqli chumoli pezokeramik uzatkich, boshida ikki kamerasi va qornida optik sensorga ega bo‘lib, ular orqali robot holatidan xabardorlikda kuzatish mumkin. Bir dona robotning uzunligi 13,5 sm. Robotlashgan chumoli ikki 7,2 voltli batareyadan quvvat oladi. BionicANT’dan — robotlashgan ishlab chiqarishning turli detallarida foydalanish mumkin.

Ko‘rgazmaga xameleonga o‘xshash, aniqrog‘i, hashrotlarni ilib olsa, qochib qutilib bo‘lmaydigan uning yopishqoq tili kabi ishlangan — robotlashgan FlexShapeGripper tutib olgich ham taqdim etilgan. Elastik silikon tutib olgich, robotlashgan qo‘lga mustahkamlangan bo‘lib, deyarli barcha istalgan predmetni ushlab qola oladi. Undan ishlab chiqarishda robotlardan detallar bilan juda ehtiyotkorlikda ishlash talab etiladigan vaqt va joylarda foydalanish mumkin.

robot_28_04_2015_2

Uchinchi ishlanma — kapalaklar galasi ko‘rinishidagi eMotionButterflies dron-robotlaridir. Uchish hududi bo‘ylab qo‘yilgan 10ta infraqizil kameraga ega tashqi tarmoq tizimlari va GPS-datchiklari yordamida dron-kapalaklar guruh bo‘lib uchib, to‘siqlardan mustaqil oshib o‘tishni imitatsiya qila oladilar. Har bir kapalakda bo‘lgan kameralar infraqizil markerlar bilan kuzatadi va bosh kompyuterga haqiqiy vaqt rejimida axborot uzatadi, u esa har bir dron parvozini muvofiqlashtiradi.

Kapalaklar qanoti elastik kondensator plyonkadan ishlangan va karkasiga nozik uglerod tayoqchalari kiritigan, o‘lchami 50 sm bo‘lib, harakat chastotasi 1-2 Gts. dronlarni harakatlanish tezligi 2,5 m/s., parvozi 4 daqiqani tashkil etadi, shundan keyin batareyasini 15 daqiqa mobaynida quvvatlantirish zarur. eMotionButterflies dron galasining korpusi mikrokontrollerlar, ichki sensor, giroskop, akselerometr, kompas, qanotlar uchun ikki servoprivodlar, radiomodul va ikki 7,4 voltli batareykalar bilan jihozlangan. Bir dona kapalak og‘irligi 32 grammdan iborat.

robot_28_04_2015_3

eMotionButterflies dron-kapalaklar robotlashtirilgan konstruksiyalarni yengillatish sohasida yutuqlarni namoyish etish uchun, ya’ni uchuvchisiz apparatlarning qanchalik yengil bo‘lishini ko‘rsatish uchun yaratilgan.

Manba: www.dailytechinfo.org

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq