Qiziqarli FAKTlar
28.04.2015
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: .

akt_28_04_2015_1

Axborot texnologiyalari sohasida qiziqarli ma’lumotlarni bayon etishda davom etamiz. Keksa buvijonlarimiz qachonlardir yaxshi ko‘rib boshlariga o‘ragan mashhur jakkarda ro‘mollari raqamli texnologiyalarga bevosita aloqador ekanligi hech kim xayoliga ham keltirmagan bo‘lsa kerak. Aniqrog‘i, mazkur ro‘molning tarixi «perfo axborot tasuvchi» nomi bilan tanilgan dastlabki raqamli axborot tashuvchilardan biri – perfokartalarga borib taqaladi. Ha, bu qiziqarli ma’lumot. Navbatdagi sahifamizda perfokartalar haqida so‘z yuritamiz.

Dastlabki raqamli axborot tashuvchi vositalar vakili

akt_28_04_2015

Perfokartalar
Perfokarta (perforatsion karta, perforatsiyalangan karta, lotin tilidagi — perforo — teshib tushirish va charta — papirus varag‘i; qog‘oz) — ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash tizimida foydalanishga mo‘ljallangan axborot tashuvchi vositadir. Yupqa kartondan ishlangan perfokartalar axborotni kartalarga turli vaziyatlarda tushirilgan teshiklar mavjudligi yoki mavjud bo‘lmasligi asosida taqdim etgan.

Perfokartalar birinchi bo‘lib, Jakkarda (1808) to‘qimachilik dastgohida matoda turli naqshinkor suratlarni tushirish va ularni boshqarish uchun qo‘llanilgan. Informatika sohasida ilk bor perfokartalardan kollejlar bo‘yicha maslahatchi bo‘lib faoliyat yuritgan S. N. Korsakovning (1832) «Intellektual mashinalari»dagi mexanik qurilmasida yozuvlarni izlashda tasniflash uchun qo‘llanilgan.

akt_28_04_2015_2

IBM perfokartalarining ruscha turlari, 1980-yil

Shuningdek, perfokartalardan Bebbijning «Analitika mashinasi»da foydalanish rejalashtirilgan. XIX asr oxirida perfokartalardan AQSH (Xollerit tabulyatori)da aholini ro‘yxatga olish natijalarini qayta ishlashda foydalana boshlaganlar. Perfokartalarning ko‘plab formatlari mavjud bo‘lgan; Eng ko‘p tarqalgani 1928-yilda kiritilgan «IBM formati» bo‘lib hisoblanadi. Unda 12ta satrlar qatori va 80ta ustun, karta o‘lchami 73/8×33/4 (187,325 x 82,55 mm) duym, kartalar qalinligi 0,007 duym (0,178 m) bo‘lgan. Dastlab o‘tkir burchakli bo‘lib, 1964-yildan — yassisimon (keyinchalik boshqacha kesik burchakli kartalardan foydalanilgan). Shunisi diqqatga sazovorki, perfokarta shaklida taqdim etilgan axborot gigabaytlarini taxminan tasavvur etish qiyin, og‘irligi esa (perforatsiya teshikchalarini ochishda yo‘qotilgan og‘irlikni hisobga olmaganda) 22 tonnadan ortiq bo‘lgan.

Mazkur axborot tashuvchidan foydalanish bir qator ixtisoslashgan uskunalar — taxlanma-jamlovchi, shifrlovchi uskuna va boshqa mashinalar sanoatining poydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

akt_28_04_2015_5

XX asrning 20–50 yillaridagi birinchi avlod kompyuterlari ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashda asosiy axborot tashuvchi sifatida perfokartalardan foydalanilgan. Keyinchalik o‘tgan asr 70–80 yillarida o‘rnini asta-sekin katta o‘lchamga ega egiluvchan magnit disklariga bo‘shatib berdi. Hozirgi vaqtda perfokartalardan eski tizimlardan boshqa hech qayerda, umumam foydalanilmaydi, biroq kompyuter texnikasi tarixida o‘zining munosib izini qoldirishga ulgurgan.

Perfokartalarning asosiy ustunligi ma’lumotlarni berishda qulayligi edi — ishtalgan vaqt kartalarni qo‘shish, olib tashlash, birining o‘rniga boshqasini almashtirish (ya’ni ko‘plab funksiyalarni amalga oshirish) mumkin bo‘lgan. 2011-yilgacha AQSH’da perfokartalar va perfokartalar bilan ishlash qurilmalarini tayyorlovchi Cardamation kompaniyasi hali ham mavjud edi. Perfokartalardan zamonaviy tashkilotlarda 1999-yildan to 2012-yilgacha foydalanilgan. Perfokartalar bilan ikki rejimda ishlanib, perfokartalarni ikki o‘lchovli kenglikda qo‘llanilgan; ularda har qanday teshik ochish kombinatsiyalari amalga oshirilgan. Masalan, IBM tizimida 701ta mashinada bosilgan so‘zlar 36 bit bo‘lgan; perfokartaga bir satr so‘z bitish uchun mashinada bosilgan 2ta, so‘z bitilgan (oxirgi 8 ustundan foydalanilmagan), bir perfokartaga jami mashinada bosilgan 24ta, so‘zlar bitilgan.

Matnli rejim perfokartalari bilan ishlashda har bir ustun bir ramzni ifoda etgan; shu tariqa, bir perfokarta 80 pamzli satr qatoriga ega bo‘lgan. Faqat ayrim teshish kombinatsiyalarini amalga oshiriish mumkin edi. Eng osoni raqamlarni kodlashtirish hisoblangan — mazkur raqam bir teshikcha bosishda ifodalangan. Harf va boshqa ramzlar bir ustunda bir necha teshikchalar bosish orqali ifoda etilgan. Ustunda teshikchaning mavjud emasligi so‘zlar oralig‘i hisoblangan (perfolentadan farqli holda, teshikcha mavjud emasligi NULni ifoda etgan). IBM/360 tizimida barcha 256 bayt belgilari uchun (masalan, 12-0-1-8-9 kombinatsiyalarda bo‘sh oraliq NUL belgisining ifodasi) teshikcha kombinatsiyalari belgilangan, shunday ekan, matnli rejimda har qanday ikkilik ma’lumotlarni ifodalash mumkin edi. Matnli ma’lumotlar bilan ishlashda qulaylik uchun perfokartalar tepa qismiga odam o‘qiy oladigan shaklda matn chop etilardi.

Perfolenta
Perfolenta (perforatsiyalangan lenta) — teshikchali nitrosellyulozali yoki atsetiltsellyulozali lentalar — bu qog‘oz shaklidagi eskirgan axborot tashuvchidir. Dastlabki perfolentalar XIX asr o‘rtalarida telegrafiyada foydalanilgan, ularda Bodo kodidan foydalanib, ma’lumotlar uzatish uchun 5ta teshikchalar qatori bo‘lgan. Lentaning o‘rtasida maydaroq perforatsiyali yo‘lak mavjud bo‘lib, «transport yo‘li» deb atalgan. U tishsimon g‘ildirak yordamida lentani aylantirib, harakatlantirgan.

akt_28_04_2015_4

Qurilmaga kiritish-chiqarishda oddiyligi jihatidan perfolentadan kompyuter texnikasida keng foydalanildi. Keyinroq kompyuter perfolentalarining kengligi 7 yoki 8 qator bo‘lib, ASCII kodirovkasida yozish uchun foydalanildi. Qatorlari soni boshqacha (hatto 2 qatorli) perfolentalar ham bo‘lgan. Mittikompyuterlarda axborotni kiritish-chiqarish uchun va dastgohlarni boshqarishda o‘tgan asr 80-yillarining o‘rtalariga qadar foydalanilgan. Ular magnit axborot tashuvchilari tomonidan siqib chiqarilgan.

Qog‘ozli, ommaviy perfolentalarning perfokartalarga nisbatan kamchiligi mexanik mustahkamlik darajasi past bo‘lib, lentalardagi matnlarni «qo‘lda tahrirlash» mumkin emasdi. Magnit lentalariga nisbatan o‘qish/yozishda past tezlikka ega edi.

akt_28_04_2015_3

Bu borada, lavsan kabi plastik lentalardan foydalanishga uringanlar, biroq bu yozuvlarni amalga oshirishda maxsus uskunani talab etgan. Yozuvlarni amalga oshirishda eng katta tezlik 80—150 bayt/s.ni, o‘qishda eng katta tezlik 1500 bayt /s.ni tashkil etgan. Yozish usuli — mexanik o‘qish usuli, optik bo‘lgan. Yozishda teshikcha bosish-dagi qog‘oz chiqindilari olib tashlanadigan konteynerga tushgan.

Xulosa qilib aytganda, biz nafaqat «raqamli davrda», balki «jadal rivojlangan axborotlar asrida» yashayapmiz. Axborotlashgan jamiyat taraqqiyoti shunda ko‘rinadiki, 2002-yildayoq, insoniyat axborotni 18.1018 bayt (18 eksabayt) hajmda uzata olgan. O‘tgan besh yil mobaynida barcha tarixiy davrlarga nisbatan insoniyat tomonidan juda ko‘p axborot uzatishga erishilgan. Axborot hajmi bir yilda jahonda 30 foizga o‘smoqda. O‘rtacha hajmda bir insonga yiliga jahon bo‘yicha 2,5.108 bayt axborot to‘g‘ri keladi. Mazkur axborotlarni saqlash uchun bu qanchalik uzunlikdagi perfolentalarni talab etgan bo‘lishini tasavvur eta olasizmi?

Maqolani tayyorlashda Vikipediyaning ochiq manbalari va ensiklopediyalardan foydalanildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq