Mobil telefoni 42 yoshdа
28.04.2015
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

mob_28_04_2015

Aprel oyida, mobil telefoni yaratilib jahonda ilk bor muloqot qilinganiga 42 yil to‘ldi. Uning birinchi abonenti Martin Kuper (Martin Cooper) — Motorola kompaniyasi muhandisi, noyob ixcham telefon yaratuvchisi, boshqa tomondan esa, Bell Laboratories firmasi tadqiqotchilik guruhi rahbari Jjoel Engel (Joel Engel) bo‘lgandi. Aytgandek, amalga oshirilgan qo‘ng‘iroq uchun 90 million dollar hisoblangan — bu Motorola mobil telefonining ishlanmasi edi.

Ta’kidlash lozimki, Joel Engel suhbatdosh sifatida tasodifan tanlab olinmagan. Bu vaqtda Bell Laboratories (keyinchalik — AT&T) mobil texnologiyalari poygasida yetakchi edi, birinchi mobil telefonini taqdim etgandi. Shu sababli Kuper aytgan: «Sizga haqiqiy mobil telefonidan qo‘ng‘iroq qilayapman» — degan jumlasini texnologik taraqqiyot ramzi, biroq firmalar o‘rtasidagi raqobatchilik ruhidan guvohlik beruvchi so‘zlar sifatida ta’riflaydilar.

Janob Kuper muloqot qilgan qurilma DynaTAC 8000X Motorola rusumli bo‘lgan. Zamonaviylariga nisbatan mazkur telefon harbiy radiostansiya kabi juda bahaybat — antennasidan tashqari, 225 x 125 x 375 mm o‘lchamli, og‘irligi esa 1,15 kg bo‘lgan.

mob_28_04_2015_1

Telefonga kiritilgan akkumulyator sig‘imi yarim soat uzluksiz so‘zlashuvni ta’minlagan, shundan keyin DynaTAC 8000Xda kamida 10 soat quvvat olishi zarur bo‘lgan. Keyingi 10 yil mobaynida faqat 5 dona Motorola DynaTAC 8000X tayyorlangan. Shundan keyin apparat tijoratga yanada yaxshiroq ko‘rsatkichlari bilan va juda qimmat — $4000 narxda bozorga chiqarilgan. Qurilmaning narxi va o‘lchami salohiyatli qulaylikka ega bo‘lishni istagan xaridorlarni cho‘chitib yubormadi. Statistikaga ko‘ra, Motoroladan 12 ming model sotishga muvaffaq bo‘lganlar. «Bu haqiqiy g‘alabadir. Bir vaqtlar mashinalarda 14 kilogrammli telefonlardan foydalanilgan. Ular barcha imkoniyati bilan 1 kg o‘lchamga joylashtirildi», — Nyu-York ko‘chalaridan biridagi tarixiy hodisani esga olgandi, Martin Kuper.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq