Ko‘p sonli gadjetlarga ulanadigan yig‘iluvchan elektrik velosiped
28.04.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

vel_28_04_2015

Hozirgi vaqtda ko‘plab «aqlli» velosipedlar mavjud, biroq ularning ko‘pchiligida qator cheklovlar bor. Harakatlanishi uchun pedalini aylantirishda velomashinalar faqat smartfonlarga ulana oladi.

JIVR Bike velosipedi deyarli barcha ko‘rsatkichlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Unda zanjirsiz elektroprivoddan foydalanilgan, pedalini aylantirmay, ishlaydigan akkumulyatorining zaryadi esa 35 kilometrga yetadi. Bundan tashqari, u iBeacon mayog‘iga ham ega va interfeysda mos keluvchi har qanday qurilmaga ulana oladi.

Velosiped kichik xonalarga ham sig‘ishi uchun yig‘ila oladi. Shuningdek, unda asboblar paneli shaklidagi ulanish mumkin bo‘lgan smartfon mavjud. Hozir Kickstarterni ommaviy ishlab chiqish uchun mablag‘ jamlash kampaniyasi ish boshlagan. Jami 70 ming funt sterling mablag‘dan hozirning o‘zida 36 mingdan ortig‘i jamlanishga ulgurildi. JIVR Bike sotuvga shu yil sentabr oyida 2000 funt yoki 3000 dollar narxga chiqariladi.

Manba: www.kickstarter.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq