Kiritilgan indikatorga ega «Aqlli» arqon
28.04.2015
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

Arqon sakrash o‘yini bilan har qanday vaqt va joyda shug‘ullanish mumkin. 30 daqiqa (10 xil usulda 3 daqiqadan) sakrash 480 kaloriyani kamaytirish imkonini beradi. Afsuski, bu oson sport mashqi haqida hamma ham bilmaydi, ayniqsa, kam harakatli turmush tarsi bilan shug‘ullanadiganlar uchun bu juda muhim axborot.

indik_28_04_2015

Tangram kompaniyasi o‘zining Smart Rope nomli smart-arqonchasini taqdim etdi. Unda haqiqiy vaqt rejimida, sakrash ko‘rsatkichlarini qayd etuvchi 23 svetodiod bilan jihozlangan, ya’ni arqonni aylantirish tezligida, ko‘z oldingizda arqonda ma’lumotlar beriladigan displey namoyon bo‘ladi. Arqon sakrashlar sonini hisoblab, kaloriyalar sarfini aks ettiradi, yanada yaxshiroq mashq qilish uchun tavsiyalar beradi. Shuningdek, arqonni aylantirish oralig‘i va boshqa ma’lumotlarni beradi. Smart Rope smartfonga maxsus Smart Gym ilovasi orqali ulanadi. Dasturiy ta’minoti mashqlar natijasini kuzatadi va boshqa imkoniyatlarni taqdim etadi. Bir smartfonga bir necha Smart Rope qurilmasini ulash mumkin, biroq Bluetooth chekloviga muvofiq bir vaqtda foydalanishning imkoni bo‘lmaydi. Ma’lumotlarni saqlash uchun juda munosib qurilmadir. Arqon uzunligi bo‘yicha to‘tr turda taqdim etilgan bo‘lib, sog‘lom turmush tarzi uchun juda qulaydir. Smart Rope sotuvda avgust oyida paydo bo‘ladi, narxi 70 dollar.

Manba: https://www.kickstarter.com/projects/1990698791/smart-rope/description

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq