Eng kichik kompyuter
28.04.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

komp_28_04_2015

Kompyuterlar juda katta buyum bo‘lgan davrlar allaqachon ortda qoldi. Bugungi kunda foydalanuvchilar uchun kitob o‘lchamidek kompyuterlar mavjud, ularni ixchamligiga ko‘ra istalgan yerga joylashtirish, stol ustiga qo‘yish, shuningdek, bank kartasi o‘chamidagi Raspberry Pini cho‘ntakda ham olib yurish mumkin. Bu hali so‘nggi natija emas, bunga Michigan universiteti ixtirochilari ishonch hosil qildilar.

Professor Devid Blau (David Blaauw) rahbarligidagi besh nafar talabalar guruhi jahonda eng kichik shaxsiy kompyuter (SHK) versiyasi yaratilganligini e’lon qildi.

Michigan Micro Motening hajmi bor-yo‘g‘i bir kub. millimetrni tashkil etadi. Loyiha ustida taxminan o‘n oy ishladilar. Ixcham o‘lchamli qurilmaga ayrim cheklovlar mavjud (oddiy sichqoncha va klaviaturani ulashga mo‘ljallanmagan), ishlab chiqruvchilar foydalanuvchilarga boshqa usullarni taqdim etdilar. Michigan Micro Mote yorug‘lik yordamida dasturlanadi va boshqariladi. Kompyuterga yuqori chastotali yorug‘lik impulslari yordamida axborotlar kiritiladi. Axborotlar qayta ishlanib, kompyuterdan boshqa qurilmaga radiochastotalar yordamida o‘tkaziladi. Phoenix protsessori kutish rejimida bor-yo‘g‘i 500 pikovatt quvvat oladi. Batareyasi oddiy xona yorug‘ligida hatto tabiiy quyosh nurisiz ham quvvat olishi mumkin.

komp_28_04_2015_1

Mazkur kompyuterga birinchi bo‘lib, sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari qiziqib qoldilar. Mazkur SHK ixcham o‘lchami sababli odam organizmiga mujassamlantirib, foydalanilishi mumkin. Kompyuter fotosurat olishda, tana haroratini, puls, arterial qon bosimini o‘lchashi va boshqa ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish uchun datchik sifatida foydalanilishi mumkin.

Ixtirochilarning o‘zlari kalit yoki hamyonni yo‘qotib qo‘yish holatlarining oldini olish kabi mayda muammolarni hal etishda foydalanishni mo‘ljallaganlar. Ular buyumga mahkamlanib, yo‘qotish holati yuzaga kelganda foydalanuvchi smartfoniga signal yuboradi. Bundan tashqari, SHK ilovalari ko‘p bo‘lib, boshqa maqsadlarda ham foydalanilishi mumkin.

Manba: www.gizmodo.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq