Elektron kitoblar hid uzata oladi
28.04.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

el_28_04_2015

O‘tgan yili hid bilan SMS-xabar uzata olish imkoniga ega bo‘lgan oPhone telefonini yaratgan, Garvard universiteti o‘qituvchisi, Devid Edvards hid chiqaruvchi elektron kitob, kiyim va qo‘shiqlarni yaratdi. Hidli kiyim yangilik emas, biroq hid chiqaruvchi elektron kitob, kiyim va qo‘shiqlar yangilikdir.

Edvards hid chiqaruvchi elektron kitob va qo‘shiqlarni mos ravishda (so‘z oldidagi «o» harfi odor so‘zi, ya’ni «hid» bilan bog‘liq), Books hamda oSongs deb ataydi. Hid uzatish uchun alohida gadjet kerak bo‘lib, telefonga ulanadi. Qurilmaga zarur hidlarni berishda kerak bo‘lgan qo‘shimchalar mavjud. Kitobdagi rasmlar tasviri maxsus hidli markerlarga ega. Gadjet ularni tanib, mevalar, gullar va boshqalar (rasm tasviriga bog‘liq holda) hidlarini uzatadi. Qo‘shiq va ohanglarda esa aniq bir hidni taratadi.

Afsuski, texnologiya hozircha tijorat uchun tayyor emas, oBooks va oSongs shunchaki muzeylar eksponati sifatida taqdim etiladi. Kitobni Nyu-York muzeyida taqdim etadilar, qo‘shiqlarni esa — Cambridge Garvard universiteti Le Laboratoire san’at va dizayn markazida namoyish etadilar. Tijorat uchun yagona taqdim etilishi mumkin bo‘lgan buyum bu oBracelet bilaguzugi bo‘lib, unda bir necha hafta hidga ega bo‘ladigan kiritilgan chiplari mavjud. Gadjetning narxi 10 dollar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq