AKT – pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish omili
28.04.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Svetlana Konevа.

pedaog_28_04_2015

Jamiyatni axborotlashtirish – bu butun insoniyat taraqqiyotining jadal o‘zgarishlarini oldindan ko‘ra bilish va rivojlanishni boshqarish imkoniyatidir. Bunday jamiyatda ta’lim tizimi yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanib, zamonaviy ta’lim axborot muhitini shakllantirishga asoslanishi va tayanishi shart.

Ta’limning barcha sohalarida hayotimizga kirib kelayotgan yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sifati va samarasini oshirish hamda takomillashtirilish zarur. Ta’lim jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanilishi o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati uchun ta’lim jarayonini jadallashtirishga yordam beruvchi psixologogik-pedagogik ishlanmalar, ta’lim g‘oyalarini rivojlantiruvchi butkul yangi imkoniyatlarni beradi, bu esa ta’limda yangi uslub va tashkiliy shakllar yuzaga kelishiga hamda ularni tezkor ta’lim jarayoniga joriy etish imkonini beradi.

Ta’lim jarayonida kompyuter o‘rganish obyekti ham, ta’lim-tarbiya, rivojlanish va ta’lim mazmunini o‘zlashtirishini tashxis qilish vositasi ham bo‘lishi mumkin, ya’ni ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalaridan ikki yo‘nalishda foydalanish mumkin.

Birinchi yo‘nalishda — kompyuter texnologiyalari imkoniyatlari, turli masalalarni hal etishda undan foydalanish malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar o‘zlashtiriladi.

Ikkinchi yo‘nalishda — kompyuter texnologiyalari ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish samaradorligini oshirishning kuchli vositasi hisoblanadi.

Zamonaviy ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishi davr ruhiga mos holatdir. Biroq «o‘qituvchi — o‘quvchi» o‘zaro murakkab aloqadorligi tizimida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning o‘rni haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish zarur. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ta’limning maqsad va vazifalarini o‘zgartiradi: ta’limning yangi metodlari va tashkiliy shakllari yuzaga keladi. Ta’lim mazmunining yangilanishi, eng avvalo, o‘quvchilarda atrof-olam haqida tabiiy-ilmiy tasavvurlarning shakllanishiga bog‘liq bo‘ladi.

Kompyuter texnologiyalarini joriy etish ta’lim jarayonini mujassamlashtirish imkonini beradi. Yangi bilimlarni mexanik o‘zlashtirishdan mustaqil o‘zlashtirishga intilishni ta’minlovchi psixologik-pedagogik ishlanmalarni amaliy keng qo‘llash imkonini beradi. Kompyuter texnologiyalari o‘quvchilar shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.

Zamonaviy jamiyatda moddiy ishlab chiqarishning ajralmas qismi ijtimoiy, shuningdek, ta’lim jarayonlariga ilmiy yutuqlarni joriy etish rivojlantirishga texnologik yondashuv hisoblanadi. Taniqli pedagog-olim G. K. Selevko ishlab chiqarishda texnologik yondashuv ishlab chiqarish jarayonlari — texnologiyalarini tasavvur etilishi sifatida tusuniladi, — deya ta’kidlaydi. «Texnologiya» tushunchasini ta’lim sohasida qo‘llanishi va doim umumlashtirish va tizimlashtirishni talab etadigan pedagogik jarayonlarga texnologik yondashuv, pedagogik innovatsiyalar tajribalariga, tashabbuskor-o‘qituvchilar faoliyati, psixologogik-pedagogik tadqiqotlar natijalariga, ta’lim jarayonlari rivojiga samarali ta’sir etishi mumkin (Г. К. Селевко, Педагогическиe технологии на основe информационно-коммуникационных средств/ Г. К. Селевко. — М.: НИИ школьных технологий, 2005. — 208 б.).

pedaog_28_04_2015_1

Jamiyat rivojining zamonaviy bosqichi axborot oqimining keng tarqalib borishini, global axborot muhitining yuzaga kelishini ta’minlovchi, inson hayoti-faoliyatining barcha sohalariga kirib borayotgan yangi axborot texnologiyalarining jadal taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. Mazkur jarayonning ajralmas va muhim qismi ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish bo‘lib hisoblanadi.
Kompyuter texnologiyalari tushunchasi mazmunida ta’lim kompyuter texnologiyalarining didaktik mohiyatini, pedagogik texnologiyalar bilan aloqadorligi, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etish tuzilmasida uning o‘rnini tushunamiz. Ta’limda kompyuter texnologiyalarining o‘rnini tushunish uchun mazkur tushuncha mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash lozim.

Texnologiya (grek tilidan olingan bo‘lib, san’at, mahorat, malaka, yana — shakl, mazmun, sabab, metodika, ishlab chiqarish usuli) — tashkiliy choralar majmuasi, fan, texnika va umuman jamiyat rivojining joriy bosqichiga asoslanib, sifatli va samarali xarajatlar bilan tayyorlashga, xizmat ko‘rsatishga, ta’mirlash va foydalanishga topshirishga yo‘naltiriltirib, amalga oshiriladigan jarayon va usullarni anglatadi.

Texnologiya — keng ma’noda — ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan tovar va iqtisodiy resurslar sohasida xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan bilimlar doirasi hajmidir. Texnologiya — tushunchasi tor ma’noda — mahsulot tayyorlash, sifatini nazorat qilish, boshqarishda moddani, energiya, axborotni qayta ishlash usulini anglatadi.

Kompyuter texnologiyalari (ingliz tilida — Computer Science) — bu kompyuterdan foydalanib, axborotni saqlash, uzatish, qayta ishlash, himoya qilish va taqdim etishga javob beruvchi texnologiyalarning umumiy nomidir. Biroq ta’limda kompyuter texnologiyalari — bu tor tushunchadir, sababi axborot texnologiyalarida zarur vosita sifatida faqat kompyuterdan emas, balki audio va videoqurilmalar, proyektor hamda boshqa texnik vositalardan foydalanilishi mumkin.

Kasbiy ta’lim sohasini axborotlashtirish va kompyuterlashtirish muammolariga oid ilmiy-metodik adabiyotlarda (I. G. Zaxarova, B. S. Gershunskiy, A. L. Denisova, S. R. Domanova, A. N. Tixonov, G. A. Kozlova, E. Yu. Semenova, E. S. Polat, M. Yu. Buxarkina, A. E. Petrov, G. K. Selevko va boshqalar), «yangi axborot texnologiya-lari», «kompyuterli ta’lim texnologiyalari», «kompyuterli pedagogik texnologiyalari» va boshqa atamalardan sinonim sifatida foydalanilgan. Bu mazkur tushunchani ta’riflashda, soha tadqiqotlariga muvofiq ravishda, yagona tushuncha qabul qilinmaganligidan guvohlik beradi.

Kompyuter texnologiyalari ta’limda dasturlashtirish g‘oyasini rivojlantiradi, ta’lim sohasida texnologiyalarga oid zamonviy kompyuter va telekommunikatsiyalar imkoniyatiga bog‘liq yangi tadqiqotlar yo‘lini ochadi. Ta’limda kompyuter texnologiyalari — bu o‘quvchilarga ta’limiy axbotlarni tayyorlash va uzatish vositasi kompyuter bo‘lib hisoblangan jarayondir. Kompyuter texnologiyasi uch turda amalga oshiriladi:

  • «singib boruvchi» texnologiya sifatida (qator didaktik masalalar yechimida, alohida bo‘lim va mavzularni bayon etish va taqdimotida kompyuterdan foydalanilishi);
  • ta’lim texnologiyasining asosiy, muhim ahamiyatli qismlarini yanada aniq belgilovchi omil sifatida.
  • monotexnologiya sifatida (kompyuterdan foydalanib, ta’lim jarayonini boshqarish, tashxis va monitoring qilish).

Ta’limda yangi kompyuter texnologiyalari quyidagi holatlarda samarali hisoblanadi:

  • pedagogik texnologiyalar asosiy tamoyillarini (oldindan loyihalashtirish, taqdim etish, maqsadga muvofiqlashtirish, yaxlitlik) ta’minlaydi;
  • ilgari nazariy yoki amaliy jihatdan yechimi mavjud bo‘lmagan didaktik masalalarning hal etilishini ta’minlaydi;
  • kompyuter texnikasidan foydalanib, axborotni tayyorlash va uzatish imkoniyatining kengayishini ta’minlaydi.

Shu tariqa, mazkur tushuncha ta’lim sohasida kompyuterning keng tatbiq etilishi bilan bog‘liqdir. Kompyuter texnikasi uzoq yillar davomida o‘sib borayotgan axborotlar oqimidan istalgan vaqtda foydalanish imkonini taqdim etadi. Shu sababli o‘quvchilarga chuqur bilim berishda zamonaviy kompyuter texnikasi muhim ahamiyatga molik. Bunda o‘quvchilarga umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari sohasida dolzarb bilimlarni o‘z vaqtida yetkazib berish zarur bo‘lib hisoblanadi.

Hozirgi davrda ta’lim jarayonida yangi axborot texnologiyalari va kompyuterdan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishi o‘z tasdig‘ini topib ulgurgan. Shu sababli ta’lim jarayonida kompyuterdan foydalanish ta’lim jarayonini tashkil etishda va ta’limning maqsad va vazifalarini hal etishda katta ahamiyatli o‘rin tutadi. Xulosa qilib aytganda, yangi axborot texnologiyalari asosida kasbiy mutaxassislarni tayyorlashda umumiy pedagogik, psixologik, didaktik, metodik jarayonlar pedagogik masalalar bilan bog‘liq holda amalga oshirilishi — ta’lim sohasining eng samarali usulidir.

Maqolani tayyorlashda Vikipediya va boshqa elektron resurslardan foydalanildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq