O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Central Asia — 2015” IX Xalqaro konferensiyasiga bag‘ishlan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi
22.04.2015
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

lib_22_04_2015

2015 yil 20 aprelkuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Central Asia — 2015” “FAN, TA’LIM, MADANIYAT VA BIZNESDA AXBOROT- KUTUBXONA RESURSLARI” IX Xalqaro konferensiyasiga bag‘ishlan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi rahbariyati, tashkilotchilar va OAV vakillari ishtirok etdilar.

“Central Asia-2015” “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va kutubxona-axborot resurslari o‘rni” mavzusida IX Halqaro konferensiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 fevraldagi 56-f-sonli farmoyishining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi”ning 25-bandiga asosan o‘tkazilmoqda.

Matbuot anjumanida OAV vakillariga Toshkent shahrida 22-24 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Xalqaro konferensiya to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Anjuman maqsadi — fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida elektron axborot-resurslarini qo‘llash va rivojlantirishda axborot-kutubxona muassasalari, o‘quv yurtlari, arxivlar, muzeylar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida ta’sirchan hamda samarali hamkorlikni faollashtirish.

Konferensiya tashkilotchilari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Toshkent davlat yuridik universiteti.

Anjumanda respublikamizning turli idoralar va vazirliklari, bolalar, o‘smirlar va yoshlar kutubxonalaridan ishtirok etish istagini bildirgan 250 va Germaniya, AQSh, Ummon, Buyuk Britaniya, Chex Respublikasi, Rossiya, Belarusiya, Qirg‘izston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Ukrainadan tashrif buyuradigan 25 nafar xorijiy qatnashchilar ishtirok etadilar.

Konferensiya dasturiga muvofiq 22 aprel kuni axborot-kutubxona makoni rivojlanishida kutubxonalarning tutgan o‘rni va ahamiyati, axborot-kutubxona faoliyatining ilm-fan, madaniyat va ta’limni rivojlantirishdagi roli va ahamiyati, axborot-kutubxona muassasalarining nashriyotlar, arxivlar va muzeylar bilan hamkorligi, axborot-kutubxona muassasalari foydalanuvchilarining mutolaa madaniyati, axborot madaniyati va media savodxonligini shakllantirish masalalari ga bag‘ishlangan sho‘’balar majlislari bo‘lib o‘tadi.

23 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda axborot jamiyatining shakllanishida O‘zbekiston Milliy kutubxonasining roli va xissasi, zamonaviy axborot-texnologik muhitda kutubxonalar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari, Rossiya Milliy kutubxonasida innovatsion yechimlar, Ozarbayjon Milliy kutubxonasi faoliyati, Qozog‘iston Respublikasi Milliy kutubxonasida yaratilgan madaniyatlar qadriyatlar, yondoshuvlar va muloqot hududi, komplektlash samaradorligini oshirish maqsadida raqamli kolleksiyalar tahlili, shaxsning media axborot savodxonligi va axborot madaniyatini oshirishdayetakchi xalqarotendensiyalar, bolalar kutubxonalari taraqqiyotida yangi konsepsiyalar, Yevroosiyo kutubxonalari Assambleyasi faoliyati, fan, ta’lim va madaniyat tizimini axborot bilan ta’minlashda elektron kutubxonalar roli va 50 yildan buyon jahonda mashxur «ZEUTSCHEL» kompaniyasining yangi raqamli texnologiyalari to‘g‘risida ma’ruzalar tinglanadi, shuningdek, moderatorlar tomonidan sho‘’balar bo‘yicha qilingan ma’ruzalar umumlashtiriladi.

lib_22_04_2015_1

Konferensiya dasturi doirasida 24 aprel kuni bibliografik yozuvlarni UZMARC formatida shakllantirish, axborot-kutubxona muhitida mutaxassislarning axborot va media madaniyatini oshirish, axborot-kutubxona amaliyotida ogohlantirish va nizoli vaziyatlarni hal etish masalalariga oid mahorat darslari, «Inklyuziv muhitda axborot-texnologiyalari va axborot-kutubxona texnologiyalarining roli» mavzusida seminar, «O‘zbekiston Respublikasi yig‘ma elektron katalogni shakllantirish muammolari» mavzusida davra suhbati, «XXI asrda ma’lumot va axborot xizmati» kitobi taqdimoti, «Oxford University Press resursiga bepul a’zo bo‘lish» aksiyasi va konferensiya qatnashchilari uchun Toshkent shahri axborot-kutubxona muassasalariga professional ekskursiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Konferensiya ishida axborot-kutubxona, zamonaviy Qonunchilik va zamonaviy axborot texnologiyalari sohasi olimlari, yozuvchilar, noshirlar, adabiy tanqidchilar va jurnalistlar ishtirok etadilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjayev OAV vakillariga har kvartalda chiqishi mo‘ljallanayotgan «INFOLIB» O‘zbekiston axborot-kutubxona xabarnomasi haqida ma’lumot berdi va jurnalning mohiyati to‘g‘risida so‘zlab berdi. “Respublika axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini tashkiliy-uslubiy ta’minoti va o‘zaro aloqasini muvofiqlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Milliy kutubxonasi zimmasiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish maqsadida, «INFOLIB» kasbga oid ilmiy-amaliy jurnal ta’sis etildi. Unda qiziquvchilar axborot-kutubxona sohasidagi o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, mahaliy va xorijiy axborot-kutubxona muassasalari tajribasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar. Umid qilamiz-ki, turli vazirlik va idoralar tasarrufidagi axborot-kutubxona muassasasi mutaxassislari, olimlar, axborot-kutubxona sohasi professor-o‘qituvchilari, “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” mutaxassisligi yo‘nalishi talabalari, axborot-kutubxona muassasalari foydalanuvchilari hamda jamiyatimizning barcha faol vakillari jurnalimizning doimiy o‘quvchilariga aylanadilar”,-deb ta’kidladi A.Xodjayev.

OAV vakillari anjuman ishtirokchilari, tashkilotchilari, tadbirlar tematikasi, ma’ruzalar to‘plamiga doir savollarga javoblar oldilar. Ular shuningdek, konferensiya tarixi va uning avvalgi yillarda o‘tkazilgan konferensiyalardan farqli jihatlari bilan qiziqdilar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq