San’at turkumining “Sopol idishlar” pochta markalari chiqarilishi haqida
21.04.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Turkum pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan. Pochta bloki 4 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida Buxoro, Samarqand va Xiva ustalari tomonidan ishlangan sopol idishlari tasvirlangan. Muzeylar eksponatlari orasida alohida o‘rinlardan birini kulolchilik san’ati namunalari egallaydi. Ularda kulolchilik maktablarining o‘ziga xos jihatlarini ko‘rish mumkin.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2015 yil 25 aprelda “Sopol idishlar” turkumi muomalaga chiqarildi.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markalarining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta blokining o‘lchami 120x100mm. Pochta markalarining o‘lchami 37×37 mm. Adadi 10 ming nusxa. Dizayner — Kaneves E.

marka_21_04_2015_1

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

1107. Shokosa. G‘ijduvon, XX asr boshi Nominali – 1400 so‘m

1108. Xumcha. Samarqand, XX asr boshi Nominali – 1400 so‘m

1109. Lagan. Xiva, XX asr boshi Nominali – 1500 so‘m

1110. Idish. Rishton, 1989 yil Nominali – 1500 so‘m

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq