Boshqaruv jarayonlarini reinjiniring qilish masalalari muhokama qilinmoqda
21.04.2015
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

proc_21_04_2015

2015 yilning 20-21 aprel kunlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Koreya Respublikasining Milliy axborot jamiyati agentligi (NIA) bilan hamkorlikda boshqaruv jarayonlarini reinjiniring qilish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etmoqda. Seminar videokonferensaloqa tizimida o‘tkazilmoqda.

Seminarning birinchi kunida muayyan tizimda reinjiniring o‘tkazishning o‘ziga xos uslublari, yo‘nalishlariga oid masalalar ko‘rib chiqildi. Unda BPR tushunchasi, uning maqsad-mohiyati, biznes va boshqaruvdagi ahamiyati, tarkibi, davlat sektorida BPR o‘tkazish ob’ektlari bo‘yicha bilim va tajriba almashildi.

Seminarning ikkinchi kunida BPMN 2.0 – biznes jarayonlarini qayta tashkil qilishni shartli izohlash tizimi orqali biznesni rivojlantirishda Janubiy Koreya tajribasi o‘rganildi.

O‘quv-seminarida Vazirlik tizimidagi korxona, kompaniya va tashkilotlar xodimlari, koreyalik ekpert-mutaxassislar, shuningdek 15 dan ziyod manfaatdor vazirlik va davlat idoralari xodimlari ishtirok etishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, BPR biznes va boshqaruv jarayonini reinjiniring qilish, tashkiliy-huquqiy jihatdan yangi choralar ko‘rish orqali tadbirkorlik sub’ektlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ish samaradorligini maksimal darajada oshirishni maqsad qiluvchi menejment strategiyasi hisoblanadi. 1990-yillardan ommalasha boshlagan BPR strategiyasida faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy yilinishi ida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishda muhim omillardan biri hisoblanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq