Toshkent shahri va Toshkent viloyatida UZMOBILe GSM tarmog‘ining tijoratli foydalanish uchun ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi
16.04.2015
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

uzmob_15_04_2015

15-aprel kuni O‘zbekiston mobil aloqasi Milliy operatori UZMOBILE Toshkent shahri va Toshkent viloyatida UZMOBILE GSM tarmog‘ining tijoratli foydalanish uchun ishga tushirilishini e’lon qildi. Tarmoqning rasmiy ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tadbirlar Toshkent, Bekobod, Chirchiq va Olmaliq shahrlarida videokonferensaloqa seansi vositasida 7ta sotuvlar ofisida o‘tkazildi.

uzmob_15_04_2015_1

2014-yil 12-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2126 sonli “Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. UZMOBILE filiali O‘zbekiston mobil aloqasi milliy operatoriga aylandi, unga mobil aloqa bozorida milliy kompaniyalarning keng ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mamlakatning ko‘chma mobil aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash vazifalari yuklatilgan.

uzmob_15_04_2015_2

Qarorga muvofiq, 2014-2017 yillarda butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab mobil aloqa milliy operatori UZMOBILEni jahon ishlab chiqaruvchilarning eng yangi uskunalarini o‘rnatish orqali jadal rivojlantirish nazarda tutilgan.

15-aprel kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida UZMOBILE GSM tarmog‘ining 2G/3G (GSM/WCDMA) aloqa standartlarini qo‘llagan holda rasmiy ishga tushirilishi videokonferensaloqa seansi vositasida o‘tkazildi.

uzmob_15_04_2015_3

Tarmoqni ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, Xurshid Mirsobrovich Mirzoxidov, Abdurashid «O‘zbektelekom» aksiyadolik kompaniyasi direktori Abdurashid Abduahadovich Abdumo‘minov va HUAWEI kompaniyasi vitse prezidenti janob Van Xua (Mr.Wang Hua) so‘zga chiqdilar.

An’anaga muvofiq yangi obyektlarni ochish vaqtida lenta kesiladi. Aloqachilar uchun aloqa liniyalarida uzilishdan ko‘ra noxushroq holat bo‘lmasa kerak, shu sababli UZMOBILE GSM tarmog‘ini ishga tushirishda mazkur smartfonga ramziy  SIM-kartani o‘rnatishga qaror qildilar!

uzmob_15_04_2015_5

Tarmoqni ishga tushirish uchun aloqa sohasida nihoyatda katta xizmat ko‘rsatgan inson, deyarli 60 yillik ish tajribasiga ega aloqachi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Elektronika va radiotexnika” kafedrasining dotsenti, Omonjon Abdumajidovich Abduazizovga taklif etildi.

uzmob_15_04_2015_6

UZMOBILE GSM tarmog‘ining dastlabki abonentlari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri shaxshan Mirzaxidov Xurshid Mirsabirovich, “O‘zbektelekom” aksiyadolik kompaniyasi direktori Abdurashid Abduahadovich Abdumo‘minov va UZMOBILE filiali direktori Shuhrat Munnavarovich Qodirovlar ulandilar.

Nangi UZMOBILE GSM tarmog‘i 900 va 1800 MGs diapazonlarida ishlaydi. Abonentlar uchun 384 Kbit/s. tezlikda GPRS va EDGE standartlari bo‘yicha ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatlariga ulanish imkoniyati taqdim etildi. WCDMA texnologiyasi 2100 MGs diapazonida ishlaydi. Abonentlar uchun HDPA, HSUPA, HSPA va HSPA+ standartlari bo‘yicha 21 Mbit/s.gacha tezlikda ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatlariga ulanish imkoniyati taqdim etildi.

uzmob_15_04_2015_7

UZMOBILE abonentlari uchun qulay va arzon tarif rejalari, shuningdek, har ikki: CDMA-450 EV-DO hamda GSM 2G/3G standarti ustunliklaridan foydalangan holda sifatli xizmatlar taqdim etiladi. Batafsil ma’lumotlar bilan www.uzmobile.uz saytida tanishish mumkin.

uzmob_15_04_2015_8

“O‘zbektelekom” AK UZMOBILEdan CDMA-450 YeV-DO tarmoqlarini foydalanishga topshirish va rivojlantirishda davom etmoqda. Shu bilan bir vaqtda, UZMOBILE GSM standarti tarmoqlari qurish faol olib borilmoqda.

uzmob_15_04_2015_9

2016-2017 yillarda butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab 2G/3G va 4G texnologiyasi joriy etilgan UZMOBILE GSM tarmog‘ini kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq