“Beeline” “G‘alaba!” tarifini ishga tushirmoqda va “Polkdoshga qo‘ng‘iroq” an’anaviy aksiyasini zamonaviylashtirmoqda
16.04.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” Ikkinchi Jahon urushi fahriylari va mehnat fronti qatnashchilari uchun maxsus tarif rejasi ishga tushirilayotgani haqida e’lon qiladi. “G‘alaba!” tarifi Keksalarni e’zozlash yiliga va Hotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ijtimoiy tashabbuslar doirasida joriy qilingan.

““G‘alaba!” tarifi – bo‘lg‘usi avlodlarning ozodligi va tinchligini 70 yil avval himoya qilgan insonlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildirish usulidir. Kompaniya ofislariga tashrif buyurib an’anaviy ulanish usullari hurmatli fahriylarimizga to‘g‘ri kelmay qolishi mumkinligini tushunamiz, shuning uchun “Nuroniy” fondi bilan birgalikda faxriylarimiz ortiqcha kuch sarflamasliklari uchun harakat qilamiz”, — deydi “Unitel” MChJ bosh direktori Vladimir Petrov.

Ayni paytda “Nuroniy” faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlovchi Fondi “Beeline” kompaniyasiga “G‘alaba!” tarifiga ulanish bo‘yicha kelgusi tadbirlar uchun urush qatnashchilari ro‘yhatlarini taqdim etmoqda. Abonent tomonidan to‘lanmaydigan 3$ balansga ega bo‘lgan, shuningdek O‘zbekiston bo‘yicha 300 yoqilgan SMS va daqiqalardan iborat “G‘alaba!” tarif rejasi hech qanday abonent to‘loviga ham ega emas.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Hotira va Qadrlash kuni bilan bevosita bog‘liq yana bir an’ana mavjud – “Polkdoshga qo‘ng‘iroq” aksiyasi, O‘zbekistondagi faoliyati davomida “Beeline” kompaniyasi bu aksiyani har yil o‘tkazib kelmoqda. O‘tgan yilga qadar faxriylar o‘z polkdoshlariga qo‘ng‘iroq qila olishlari uchun tashkillashtirilgan sayyor mobil punktlari edi, o‘tgan yili esa ikki hafta mobaynida kompaniyaning barcha ofislarida biz bunday imkoniyatni yaratdik. Bugun esa biz yangi tarif imkoniyatlaridan foydalangan holda, faxriylarimizga bepul halqaro qo‘ng‘iroqlar sifatida yana bir sovg‘a ulashmoqdamiz”.

Har yili 21 mart, 9 may, 1 sentyabr va 31 dekabr kunlari “G‘alaba!” tarif rejasi abonentlariga Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonga 7 kun mobayniga bepul 30 daqiqa taqdim etiladi. Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq