Korxona rahbari jismoniy shaxs sifatida olgan ERIdan foydalanib soliq hisobotlarini yuborsa bo‘ladi
09.04.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

gov_9_04_2015

O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi «Soliq va byudjet siyosatining 2015- yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq Soliq kodeksining 46 ta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, Soliq kodeksining 45-moddasi «Tadbirkorlik subyektlari soliq hisobotini telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzda taqdim etadi» degan mazmun bilan to‘ldirildi. Bu boradagi ishlarni takomillashtirish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi Yangi texnologiyalar ilmiy axborot markazi bilan hamkorlikda barcha soliq to‘lovchilarni elektron raqamli imzo bilan ta’minlash yuzasidan ishlarni tashkil etgan.

gov_9_04_2015_1

Elektron raqamli imzo olish imkoniyati mavjud bo‘lmagan, jumladan korxona hisobvarag‘ida mablag‘i yo‘q bo‘lgan, shuningdek, Soliq kodeksining 96-moddasiga asosan davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari, tijorat banklari tomonidan hisobvaraqlari to‘xtatilgan yoki band solingan hollarda korxona rahbarlarining jismoniy shaxs sifatida olingan elektron raqamli imzosidan foydalangan holda soliq hisobotlarini elektron ko‘rinishda yuborish imkoniyati yaratildi.

gov_9_04_2015_2

Shuningdek, jismoniy shaxslarning (korxona rahbari) elektron raqamli imzosini «Click»to‘lov tizimi orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan olishlari mumkin. «Click» to‘lov tizimi orqali pul o‘tkazish tartibi haqidagi ma’lumotni soliq to‘lovchilar hisobot.soliq.uz va otchet.soliq.uz saytlari orqali olishlari mumkin.

gov_9_04_2015_3

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq