Butunjahon radioaloqa konferensiyasining 2015 yil uchun ikkinchi tayyorlov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
09.04.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Joriy yilning 23 martidan 2 apreliga qadar Xalqaro elektraloqa ittifoqining Jeneva shahrida joylashgan bosh qarorgohida Butunjahon radioaloqa konferensiyasining 2015 yil uchun ikkinchi tayyorlov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Xalqaro elektraloqa ittifoqiga a’zo 105 mamlakat, shuningdek Radioaloqa sho‘’basiga a’zo 80 mamlakatdan va boshqa xalqaro tashkilotlardan 1,5 ming nafar delegat ishtirok etdi. Tayyorlov yig‘ilishida 2015 yilning 2-27 noyabr kunlari Jenevada bo‘lib o‘tadigan Butunjahon radioaloqa konferensiyasining kun tartibidan o‘rin olgan xalqaro chastota spektrlaridan foydalanishni muvofiqlashtirish va boshqa mavzular bo‘yicha olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari o‘rganib chiqildi.

Yig‘ilishda Xalqaro aloqa ittifoqi Bosh direktori Xoulik Chjao qayd etgani kabi, mazkur tayyorgarlikka bag‘ishlangan anjuman kun tartibidagi masalalar, xususan xalqaro chastotalarni taqsimlash bo‘yichp ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berish va boshqa yo‘nalishlar yuzasidan puxta tayyorgarlik ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu nufuzli konferensiya har 3-4 yilda bir marotaba tashkil etilib, unda radioaloqaga oid xalqaro munosabatlar tahlili, xalqaro shartonmaga muvofiq radiochastota spektridan hamda geostatsionar, statsionar bo‘lmagan yo‘ldoshli orbitalardan foydalanish kabi yo‘nalishlarda xalqaro munosabatlar ko‘rib chiqiladi. Butunjahon radioaloqa konferensiyasida ko‘rilgan masalalar yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Joriy yilda Konferensiya spektrni boshqarish xalqaro tizimiga oid jihatlarni qayt ko‘rib chiqish, bu borada o‘tkazilgan tahlil natijalarini tahlil qilish, radioaloqada joriy qilish ko‘zda tutilayotgan yangi texnologiyalar va tizimlarni o‘rganish, shuningdek radiochastota spektrining cheklangan resurslaridan, sun’iy yo‘ldosh orbitasidan oqilona foydalanishga oid masalalarni ko‘rib chiqadi.

Butunjahon radioaloqa konferensiyasining tayyorlov yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasidan ham vakillar mamlakatning 2015 yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasidagi ishtiroki yuzasidan olib borilayotgan tayyorgarlik ishlariga oid hisobot bilan ishtirok etdi. Tarkibiy yig‘ilishlarda o‘zbekistonlik mutaxassislar radioaloqa sohasiga doir muhokamalrda faol ishtirok etdilar.

Ikkinchi tayyorlov yig‘ilishi yakunida ko‘rilgan masalalar yuzasidan Butunjahon radioaloqa konferensiyasining xulosaviy qarori qabul qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq