Alohida toifadagi fuqarolarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish orderini olish uchun ariza yuborish
06.04.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

gov_6_04_2015

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda hududiy sog‘likni saqlash boshqarmalariga alohida toifadagi fuqarolarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maxsus yo‘llanma (order) olish uchun ariza yuborish xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Xizmat turidan ushbu imtiyozdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan barcha jismoniy shaxslar foydalanishlari mumkin.

Elektron arizani yuborish jarayonida shifokor tomonidan maxsus tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik to‘grisidagi guvohnomaning skanerlangan nusxasi, shuningdek, bemor ushbu imtiyozga ega ekanligi haqidagi ma’lumotnomaning elektron shakli ilova qilinadi.

Yuborilgan hujjatlar o‘rganib bo‘lingach, 10 ish kuni mobaynida Yagona portaldagi foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga, shuningdek, ro‘yxatdan o‘tganda ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga bepul tibbiy xizmat uchun maxsus yo‘llanma (order) olinishi to‘g‘risida xabar jo‘natiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq