Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining 2014 yildagi rejasiga muvofiq, navbatdagi rejalashtirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
03.04.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Yig‘ilishda 2014 yilda mamlakatda radiochastotalardan noqonuniy foydalanishni oldini olish, qo‘shni mamlakatlar tomonidan to‘g‘ri foydalanilishini muvofiqlashtirish, radiochastotalar ajratish, O‘zbekistonda radioelektron qurilmalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, radio va yuqori chastotali qurilmalarning shovqinsiz ishlashini ta’minlash, mamlakatda raqamli televideniyeni joriy qilish, radiochastota spektridan foydalanishga oid me’yoriy-huquqiy asoslarni mustahkamlash, shuningdek Radioaloqa – 2015 Xalqaro konferensiyasiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik o‘tish bo‘yicha Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan televideniye sohasiga zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Dastur doirasida mamlakatimizda teleuzatishlarni raqamli formatga o‘tkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Xususan, birinchisi 2013–2015, ikkinchisi esa 2016–2017 yillarni qamrab oladi. Bugungi kunda O‘zbekiston hududining 54 foizi raqamli televideniye bilan qamrab olingan.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat dasturining amalga oshirilishini monitoring qilish, yuqori sifatli va barqaror qurilmalarning joriy qilinishini kuchaytirishga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida radiospektr chastotalarining ajratilishi, radioelektron va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarning arizalariga mavjud qonunchilik asosida munosabat bildirishda mavjud kamchiliklar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilish qatnashchilari Respublika Kengashining 2015 yilga mo‘ljallangan faoliyat yo‘nalishlari, vazifa hamda majburiyatlarini o‘z ichiga olgan ish rejasini ham tasdiqlashdi. Shuningdek, keng polosali simsiz ulanish, raqamli televideniye va boshqa zamonaviy radiotexnologiyalar uchun radio chastotalar ajratilishini ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oluvchi 2020 yilga qadar radiochastotalar sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga oid chora-tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi.

Kengash yig‘ilishi natijalari, ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq