CLICK kompaniyasi eng yirik mobil aloqa operatori “Beeline” bilan birgalikda O‘zbekistonda ilk bor “Beeline Avtoto‘lov” innovatsion xizmatni ishga tushirdi!
03.04.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

CLICK kompaniyasi “Beeline Avtoto‘lov” nomli yangi va noyob innovatsion xizmatni ishga tushirilishi haqida mamnuniyat bilan xabar qiladi. “Beeline” O‘zbekiston mobil operatorining abonentlari birinchi bo‘lib ushbu innovatsion xizmatdan foydalanishlari va doimiy ravishda ijobiy balansga ega bo‘lishlari mumkin!

CLICK tizimi yordamida faqat “Beeline” O‘zbekiston abonentlari uchun ishga tushirilgan ushbu noyob xizmat mobil aloqa raqamining balansi 1 USDdan kam bo‘lgan paytda uni avtomatik ravishda plastik karta hisobidan istalgan paytda to‘ldirib, abonentga doimiy ravishda aloqada qolishga imkon beradi. “Beeline Avtoto‘lov” xizmatining sozlashlarida CLICK tizimi foydalanuvchisining hisobidan o‘tkaziladigan avtomatik to‘lovlarning bir nechta summa variantlari joriy qilingan.

Xizmatni ulatish CLICK tizimining USSD-menyusi orqali (*880#) oshiriladi va u sozlangandan keyin foydalanuvchining ishtiroki talab qilinmaydi. Tizim ko‘rsatilgan mobil aloqa raqamining balansini avtomatik tarzda to‘ldirib, foydalanuvchiga amalda oshirilgan to‘lov haqida ma’lumot beradi. Yaqin vaqt ichida ushbu xizmatni ulatish “CLICK-yordamchisi” mobil ilovasi orqali ham oshirish imkoni ishga tushiriladi.

Foydalanuvchilarning qulayliklari uchun ushbu xizmatga beshtagacha “Beeline” O‘zbekiston kompaniyasining raqamini ulatish imkoni yaratilgan. Shunday qilib, ushbu xizmat tizim foydalanuvchilari uchun doimiy ravishda aloqada qolish uchun yana bir imkonni bermoqda.

“Biz abonentlarimizning barchasini qadrlaymiz va zamonaviy innovatsion xizmatlarni birinchi bo‘lib taqdim qilib, ular doim aloqada qolishlari uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solayapmiz, — deb ta’kidladi “Unitel” kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqa bo‘yicha Xizmatining Boshlig‘i Oraz Abdurazoqov. – Ushbu xizmat foydalanuvchilardan minimal ishtirokni talab qiladi. Bir marta “Beeline Avtoto‘lov” ulangandan keyin, xizmat doimiy ravishda ishlaydi”.

“Ushbu noyob xizmatning ishga tushirilishi kompaniyamizning CLICK tizimi foydalanuvchilari uchun o‘z to‘lovlarini oshirishida maksimal imkoniyatlar va qulayliklar yaratishga qaratilgan maqsadlarini yana bir bor namoyon qilmoqda. Bundan buyon ham foydalanuvchilarimizni yangi imkoniyatlar bilan xursand qilishni rejalashtirib turibmiz”, — deb sharhladi CLICK kompaniyasining rahbari Ulug‘bek Rustamov.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq