Axborot texnologiyalari sohasi muassasalari “Ta’lim va karyera” 12 – xalqaro ko‘rgazmasida
03.04.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

uz_3_04_2015

Bugun poytaxtimizdagi Yoshlar ijodiyot saroyida “Ta’lim va karyera” 12 – xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Ko‘rgazmada yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari, ta’lim va kasb-hunar o‘qitishga ixtisoslashgan o‘quv kurslari, yirik muassasalar, bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar, shuningdek 60 dan ziyod xorijiy ta’lim maskanlari ishtirok etmoqdalar.

Mazkur ko‘rgazma doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi muassasalari ham faol ishtirok etmoqdalar. Xususan, ko‘rgazmaga tashrif buyurayotgan yoshlar ZiyoNET axborot-ta’lim portalining stendi orqali ta’limda AKTdan foydalanish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar, xususan ishlab chiqilgan E-Darslik mobil ilovasining afzalliklari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olmoqdalar.

uz_3_04_2015_1

Shu bilan birga, stend bilan tanishish istagida tashrif buyurayotgan yoshlarning axborot-ta’lim portali tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalari to‘g‘risidagi bilimlari ham maxsus viktorinalar yordamida imtihon qilinib, g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirilmoqda.

Bu yilgi ko‘rgazmada ilk marotaba Toshkent shahridagi Inha universiteti ham o‘z faoliyatiga bag‘ishlangan stend bilan ishtirok etmoqda. Universitet tomonidan yoshlarning axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimini aniqlash, belgilangan vaqt mobaynida ingliz tilida eng ko‘p so‘z yozish va kompyuterning yig‘ish kabi tanlovlar ham tashkil etilmoqda.

Uch kun davom etadigan ko‘rgazmaning yopilish marosimi 4 aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq