O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning media savodxonligini va axborot texnologiyalardan foydalanish etikasini shakllantirish yuzasidan o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi
27.03.2015
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

lib_27_03_2015

2015 yil 26 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi qoshidagi ZiyoNet bo‘limi mutaxassislari bilan hamkorlikda “Milliy ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini va Internet tarmog‘idagi kontentni rivojlantirish” mavzusida kompter texnologiyalarining faol foydalanuvchilari – yoshlar uchun mo‘ljallangan seminar mashg‘ulotini o‘tkazdi. Seminarda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, shaxsiy axborotni, jumladan shaxsiy foto va video faylar joylashtirishda nimalarga e’tibor qaratish, axborotni ximoya qilish, boshqa shaxslarga tegishli axborotni tarqatishda nimalarga e’tibor qaratish, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiladigan axborotlarning ishonchiligini tekshirish lozimligi xaqida fikrlar yuritildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi ZiyoNET bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Nosirov Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari bilan bo‘lgan suhbatni “ZiyoNET ta’lim tarmog‘i imkoniyatlari” mavzusiga bag‘ishladi. Notiq global ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni suiiste’mol qilishning jamiyatda inson shaxsiyati shakllanishida salbiy ta’siri va Internet tarmog‘idagi ma’lumotlardan noto‘g‘ri foydalanish oqibatlari xaqida gapirib berdi.

lib_27_03_2015_1

Shuningdek, u o‘z ma’ruzasida ZiyoNet milliy tarmog‘idagi yoshlarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan muqobil va raqobatbardosh milliy resurslar haqida so‘zlab berdi. Ta’lim tarmog‘ining imkoniyatlari haqida gapirar ekan, B.Nosirov Fikr.uz blogi, uTube.uz ta’lim videoportali, Tanlov.uz sayti, uMail.uz bepul elektron pochta xizmati, e-Darslik umumta’lim darsliklarining mobil versiyasi haqida ko‘plab foydali ma’lumotlar berdi.

Hozirgi kunda ZiyoNET tarmog‘idan faol foydalanayotgan o‘qituvchi va talabalar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar, ushbu tarmoq imkoniyatlari haqida boshqalarga so‘zlab berdilar va tarmoqni mukammallashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini kiritdilar. ZiyoNET tarmog‘i rivojlanishi va uning kutubxona resursining boyishidan manfaatdor bo‘lgan talabalar o‘zlarining beminnat yordamlarini taklif qildilar.

ZiyoNET ijtimoiy axborot-ta’lim tarmog‘i xaqida ko‘pgina ma’lumotlar olgan talabalar B. Nosirovga minnatdorchilik izhor etishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq