Yagona portal orqali dоri vоsitаlаri vа tibbiy аshyolаrning mаvjudligini qidirish
25.03.2015
Rukn: Internet.
Muallif: .

med_25_03_2015

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Dori-Darmon” aksionerlik kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi – “Dori-Darmon” AK dorixonalari tarmog‘ida dоri vоsitаlаri vа tibbiy аshyolаrning mavjudligi haqida ma’lumot olish va qidirish” interaktiv xizmati ishga tushirildi.

Ushbu yangi xizmat mijozga kerakli dоri vоsitаlаri vа tibbiy аshyolаrning “Dori-Darmon” AK dorixonalari tarmoqlarida mavjudligi, ularning narxi, shuningdek Respublikaning barcha hududlaridagi “Dori-Darmon” AK dorixonalari tarmoqlarining manzillari to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lish imkonini beradi.

Bu xizmat barchaga yana bir qulaylik yaratib, keksa kishilar uchun ham kerakli bo‘lgan dоri vоsitаlаrini oson va tez topish imkonini beradi.

Quyida keltirilgan ma’lumotlar har bir murojaat etuvchi shaxsga taqdim etiladi:

-dоri vоsitаlаri vа tibbiy аshyolаrning mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot;

-dоri vоsitаlаri vа tibbiy аshyolаrning narxi to‘g‘risida ma’lumot;

-dorixonalarning va/yoki dorixona filiallari manzili to‘g‘risida ma’lumot;

-dorixonalarning va/yoki dorixona filiallarining tartib raqami to‘g‘risida ma’lumot;

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq