Vmlab muhitida o‘rnatilgan tizimlarni loyihalashtirish dasturiy ta’minoti
25.03.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

vm_25_03_2015

Yangi texnologiyalar jadal rivojlanishi va amaliyotga tatbiq etish sharoitlarida mutaxassislar oldida texnologiya jarayonlarini o‘rnatish, tarkibiy qismlarini qo‘llanilishi, zamonaviy texnologiyalar asosida tarmoq yaratish kabi masalalarning tadqiqotlari dolzarblashib bormoqda. O‘zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishiga qaratilgan muhim hujjatlar, qabul qilingan qonunlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Bu O‘zbekistondagi telekommunikatsion aloqa tizimlariga juda katta miqyosdagi ishlarni bajarish, aholiga turli telekommunikatsiya xizmatlarini yuqori sifatli darajada taqdim etish yo‘lidagi dolzarb masalalarni hal etishning muhim omillaridir. Mikrokontrollerlar asosida dasturiy boshqariladigan qurilmalarni yaratish ham ana shunday dolzarb masalalardan hisoblanadi. Buning uchun qurilmalarga dastur yaratish jarayonini amalga oshirish zarur bo‘ladi. Vizual dasturlash muhitlarini qo‘llash ushbu masalalarni hal qilishda yordam beradi. Ushbu muhitlardan biri VMLAB muhiti hisoblanadi.

Bu O‘zbekistondagi telekommunikatsiya va aloqa tizimlariga juda katta miqyosdagi ishlarni bajarish, aholiga turli telekommunikatsiya xizmatlarini yuqori sifatli darajada taqdim etish yo‘lidagi dolzarb masalalarni hal etishning muhim omillaridir. Mikrokontrollerlar asosida dasturiy boshqariladigan qurilmalarni yaratish ham ana shunday dolzarb masalalardan hisoblanadi. Buning uchun qurilmalarga dastur yaratish jarayonini amalga oshirish zarur bo‘ladi. Vizual dasturlash muhitlarini qo‘llash ushbu masalalarni hal qilishda yordam beradi. Ushbu muhitlardan biri VMLAB muhiti hisoblanadi.

vm_25_03_2015_1

VMLAB muhiti umumiy ko‘rinishi

VMLAB — AVR mikrokontrollerlari asosida raqamli qurilmalarni boshqarish dasturiy paketidir. Uning tarkibiga tashqi qurilmalar bilan ulanishi mumkin bo‘lgan virtual qurilmalar kirgani uchun virtual emulyator deb ham ataladi. VMLAB juda oson assembler va SI kompilyatorlari bilan bog‘lana oladi

VMLAB o‘z navbatida, ish jarayonida mikrokontrollerlar asosida boshqariladigan qurilmalarni apparat vositalari va dasturiy vositalari modeli ish jarayonini yaqqol namoyon etadi. Visual Micro Lab (VMLAB) dastur xatoliklarini ko‘rish imkonini yaratadi. Mikrokontrollerga yuklanish fayli hex fayl yoki *. asm. Emulyator o‘z navbatida svetodiodlar, ostsillograf, dastur yordamida temperaturani o‘zgartirishi, kristall chastotasi va parallel ravishda, keltirilgan qurilmalarda belgilangan parametrlar ishlash jarayonini kuzatish mumkin. Bundan tashqari, registrlarda, EEPROM xotirasida mikrokontroller periferiya qurilmalardagi ish jarayonini ham namoyon etadi.

vm_25_03_2015_2

Dasturlash muhiti oynasi

VMLAB doim 5ta moslashtirilgan oynalar bilan ishlaydi. Har bir foydalanuvchi o‘ziga kerakli bo‘lgan oynani moslashtirib foydalanishi mumkin. Masalan, kodni redaktorlash uchun nisbatan keng oynada ishlash kerak, shuning uchun «Code Notebook oynasi qulay hisoblanadi. Modellashtirish protsessini kuzatishda keng oynalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi, masalan: «Control panel»; «Scope»; «Registers/Flags»; «I/O Ports»; «Peripherals»; «Watch», «Program Memory» va boshqalar.

vm_25_03_2015_3

“Scope” epyurlar va nazorat nuqtalari

O‘rnatilgan tizimlar bo‘yicha ishlovchi mutaxassislarni juda ko‘p murakkab loyihalarga duch keladilar. O‘rnatilgan tizimlar ishonchli bo‘lishi kerak. Ko‘p murakkab qurilmalar sinmaydi va qayta yuklanmaydi. Dasturiy ta’minot ham imkon darajada o‘rnatilgan qurilmalarni qayta tiklay olmaydi. Bundan tashqari, talabga javob berishi uchun bozordagi narx o‘zgarib turadi va shu sababli raqobat kelib chiqadi. Murakkab o‘rnatilgan tizimlar aniq vaqt ichidagi tizimlar deb ham yuritiladi. Demak, aniq vaqt mobaynida bajarilishi kerak bo‘lgan qurilmalar dasturiy ta’minoti va ishi sifatli va ishonchli bo‘lishi kerak. Chunki dasturiy boshqariladigan qurilmalar vazifalarini bajarish uchun markaziy protsessor bir necha bor uzilishlarni hosil qilib, tashqi qurilmalardan so‘rovlarni tashkil etadi.

vm_25_03_2015_4

Nazorat paneli oynasi

Dasturlash jarayonini mikrokontroller chiqishlarida kuzatamiz. «Data memory» oynasi esa ASCII va 16 lik koddagi mikrokontroller ma’lumot xotirasini aks ettiradi.

vm_25_03_2015_5

“Data memory” oynasi

Dasturlash jarayonini mikrokontroller chiqishlarida kuzatamiz. «Data memory» oynasi esa ASCII va 16 lik koddagi mikrokontroller ma’lumot xotirasini aks ettiradi.

Xulosa qilib aytganda, VMLAB muhiti interfeysi foydalanuvchi uchun tushunarli va qulay bo‘lishi bilan birga, murakkab o‘rnatilgan tizimlar uchun dasturni yaratish jarayonining oddiyligi, mikrokontroller turlarining mavjudligi, ularning qurilmalarini ish jarayonini tarkibiy qismini ishlash imkoniyatining mavjudligidan iborat.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. J. Yu. Yunusov, X. Yu. Abasxonova. Raqamli qurilmalar va mikroprotsessor tizimlari. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2010. — 256v.
2. U. B. Amirsaidov, X. Yu. Abasxanova. Mikroprotsessorlar. Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2014. — 350v
3. Программирование на ассемблере для AVR-микроконтроллеров: Лаб. практикум по основам микропроцессорной техники / А. Ю. Бальзамов. — Саранск: Изд-во Мордов. ун-та, 2012. — 108 с.
4. Ю. А. Шпак. Программирование на языке С для AVR-микроконтроллеров К: «МК-Пресс»,2006., 400с.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq