Virtual olamdagi hidlarni his etish mumkin
24.03.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

virt_24_03_2015

FeelReal Amerika kompaniyasi virtual olam shlemidan foydalanganida undagi hidlarni his etish imkonini beruvchi gadjetni chiqarishga tayyorladi.

virt_24_03_2015_1

FeelReal qurilmasi blok-niqobdan iborat bo‘lib, virtual olam shlemi ostiga mahkamlanadi va bu bilan foydalanuvchi yuzining past qismini berkitadi.

Unda kiritilgan havoni siqib beruvchi, qizdiruvchi elementlar, vibromotor va mikrofon mavjud. Hidlar almashib turuvchi kartridjlardagi maxsus xushbo‘y taratuvchilar mavjudligi hisobiga hosil bo‘ladi. Xushbo‘y taratuvchilar samaradorligini kuchaytirish uchun harorat rejimidan foydalaniladi. Masalan, suvga yaqinlashganga sovituvchi ventilyatorlar ishga tushadi, olov manbaiga yaqinlashganda esa qizdiruvchi elementlar faollashadi. Shuningdek, vibratsiyalar ishga tushishi mumkin. Hozirgi vaqtda maxsus okean suvi, metall, jungli, o‘t-o‘lanli o‘tloq, gulxan va gullar xushbo‘yini taratuvchilar mavjud. Gadjet kiritilgan akkumulyator batareyalarida ishlaydi, VR-shlem bilan birlashtirilishi Bluetooth orqali amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda FeelReal qurilmasini oldindan buyurtma bo‘yicha kompaniyaning rasmiy saytida $249,99 narxi bo‘yicha sotib olish mumkin.

Manba: www.feelreal.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq