Ucell mobil operatori O‘zbekiston ahlini ajoyib va umutilmas tarzda go‘zallik va yangilanish ayyomi — Navro‘zi olam bilan tabrikladi!
24.03.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Navro‘z – o‘zbek halqining qadimiy bayramlaridan biri sanalib, yaxshilik va mehr-muruvvat ramzi hisonlanadi. Ucell o‘zbek halqi an‘analariga hurmat va e‘tibor ko‘rsatgan holda, bayramga o‘zgacha tus berish uchun yurtimizning 8 ta viloyatida “Sumalak Sayli” nomi ostida bayram kechasini tashkil etdi.

ucell_24_03_2015

21 mart kuni Farg‘ona, Samarqand, Qarshi, Namangan, Termiz, Buxoro, Guliston va Andijon  shaharlarining bog‘ va ko‘ngilochar maskanlarida maxsus Ucell stendlari o‘rnatildi. Viloyat ahli va mehmonlari o‘z oilalari bilan bahoriy ne’mat hisonlangan – sumalakni ta’tib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir mahallalar tomonidan tayyorlangan milliy raqs chiqishlari bilan boy bo‘ldi. Ucell stendiga tashrif buyurgan shahar ahli ichidan faqatgina sumalakdan tosh topgan omadlilargagina maxsus sovg‘alarni qo‘lga kiritish imkoniyati nasib etdi.

ucell_24_03_2015_1

Navro‘z tadbiri nafaqat “Navro‘z Sayli”, balki abonentlat uchun Ucell Kompaniyasi tomonidan ishga tushgan bahoriy takliflar va aksiyalar bilan boy bo‘ldi:

  • Abonentlar o‘z bahoriy kayfiyatlari, fotosuratlar va tabriklari bilan MMS orqali bo‘lishishlari uchun Ucell bir oy davomida MMS uchun kutilmagan chegirmalar e’lon qildi. Abonent foydalanayotgan amaldagi tarif rejasiga ko‘ra endi O‘zbekiston bo‘yicha 1 MMS ni 1 SMS narxi bo‘yicha yo‘llashi mumkin bo‘ldi;
  • Mamlakat ahli uchun Internetni yanada qulay narxlarda taqdim etish maqsadida, Ucelldan “Sovg‘a sifatida Modem” aksiyasi o‘z ishini boshladi. Endi kompaniya ofislarida yangi raqam yoqtirish holatida abonent “Cheksiz Internet” oylik xizmatiga ulansa, 3G modem sovg‘a sifatida taqdim etiladi;

*Chegirma va aksiyalar haqidagi batafsil ma’lumotni Ucell saytidan www.ucell.uz topishingiz mumkin.

Ucellning Korporativ Aloqalar bo‘yicha Departament Direktori Rodika Verbenyuk ta‘kidlaydi:

“Navro‘z — oila, do‘stlar, mahallani birlashtiradigan bayram hisoblanadi. Navro‘z – xalq bayrami, Ucell esa ushbu shodlikning bir qismi ekanligidan, hissiyotlar uchun ko‘prik vafifasini o‘tayotganidan juda xursandman. Vazifamiz aholini nafaqat cheksiz muloqot uchun aloqa va Internet bilan ta’minlash va xizmat ko‘rsatish, balki insonlar hayotini yaxshilik sari o‘zgartirib, ular uchun qulaylik yaratish va xursandchilik ulashish hamdir. Shu sabab biz Navro‘z bayramini xalq bilan nishonlayapmiz. Abonentlar uchun qimmatli bo‘lgan an’analarga hurmat ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash ham bizning burchimizdir”.

ucell_24_03_2015_2

O‘zbekistonda nishonlaniladigan Navro‘z bayramining asosiy ramzi bu – sumalak ne’matidir. U katta qozonda undirilgan bug‘doy va undan tayyorlanadi. Undirilgan bug‘doy hayot, to‘kinlik va sog‘liqni ifodalaydi. An’analarga rioya etgan holda 20 mart kuni 8 ta viloyatda katta qozon osildi va mahalla ahli bir joyga jamlanib, qo‘shiq va kuy, raqs va laparlar ijro etishdi. Har bir ishtirokchi sumalak pishayotgan qozonni kavlash navbatini intiqlik bilan kutdi. Axir sumalak ustida aytilgan tilak va orzular albatta ro‘yobga chiqadi-da. Bayram kechasining faol ishtirokchilariga Ucell Kompaniyasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mahalla oqsoqoli o‘z hissiyotlari bilan bo‘lishdi:

«Bugun mahallamiz va men uchun katta bayram! Ucellning ushbu tadbirda ishtirok etishi juda quvonarli. Chunki Ucell jamoasi o‘z ishtiroki bilan bayram tadbiriga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Navro‘z bayrami qanchalik katta va to‘kin o‘tsa, tabiat ham o‘z ne’matlarini bizdan shunchalik ayamaydi. Shuning uchun Navro‘zda insonlar hushchaqchaq bo‘lib, ginalarni unutadilar va qo‘shiq aytib, raqsga tushadilar, yetim va bolalar uylariga borib sovg‘a ulashadilar. Ushbu kun uchun Ucellga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman!”.

ucell_24_03_2015_3

Ucell Kompaniyasi Navro‘z bayramida har bir oilaga baxt va omad, xonadonlariga esa tinchlik va osoyishtalik tilaydi!

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq