Pixie datchiklari yo‘qolgan buyumlarni topishga yordam beradi
24.03.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

pix_24_03_2015

Agar ba’zan buyumlaringizni o‘z odatdagi joyiga qo‘ymasangiz, keyin ularni topa olmay, qiynalishingiz mumkin, shunda yangi texnologiyalar yordam bera oladi. Buyumni Pixie trekingi uchun gadjet tezda topib berishi mumkin.

pix_24_03_2015_1

Pixie datchiklarini har qanday narsaga — kalit, xamyon, smartfonga yoki uy hayvoni bo‘yinbog‘iga o‘rnatish va masofadan boshqarish zarur. Mazkur noyob texnologiyadan foydalanishda signal uzatib, ilova orqali xabardor bo‘lish mumkin.

Qurilma buyumning joylashgan joyini hatto devor orqali ham aniq santimetr o‘lchamlarda ko‘rsata oladi. Ilova smartfonda virtual xaritani aks ettiradi, unda zarur buyum belgi bilan ko‘rsatiladi. Shuningdek, unga qaysi buyum qayerda joylashishi zarurligini ko‘rsatib, oldindan ro‘yxat sifatida kiritib qo‘yish ham mumkin. Agar buyumni o‘z joyiga qo‘ymasangiz, ilova bu haqda signal beradi.

Datchik uzatadigan axborot shifrlanadi, shu sababli signalni faqat uning egasi qabul qilishi mumkin. Oldindan buyurtma uchun rasmiy sayt ochilgan: undan foydalanib, 4ta datchikni 40 dollarga, 8ta qurilmani 75 dollarga yoki 12tasini 110 dollarga olish mumkin.

Manba: www.getpixie.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq