Opelda ko‘z qarashlari yordamida yo‘lni yorituvchi boshqaruv tizimi yaratilgan
24.03.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

opel_24_03_2015

Opel kompaniyasi Darmshtad texnologik universiteti bilan hamkorlikda haydovchi ko‘z qarashiga muvofiq avtomatik yorug‘lik yo‘naltiruvchi faralarni moslashtiriluvchi yoritish innovatsion tizimini ishlab chiqdi.

Loyiha ikki yil mobaynida rivojlantirildi. Majmuaning dastlabki prototiplari rulni boshqarayotgan haydovchiga yo‘naltirilgan oddiy veb-kameraga asoslangandi. Tizim yuz (burun, ko‘z)ning relef qismlarini va ularning harakati tabiatini skanerlaydi, ularning asosidagi axborotga muvofiq haydovchi qarashlari yo‘nalishi bo‘yicha xulosa chiqariladi. Olingan axborot boshqaruv buyrug‘iga aylantirilib, ijrochi elektron elementlarga uzatiladi, bu esa o‘z navbatida, yorug‘lik nurining yo‘nalishini tezkor o‘zgartirishga xizmat qiladi.

Mazkur metod yaxshi natijalar berdi, biroq hisob-kitobi juda ko‘p vaqtni egalladi. Bundan tashqari, veb-kameralar yetarli darajada yozish tezligiga ega bo‘lmagani uchun yo‘l holati o‘zgarishlaridan o‘z vaqtida tasvir olishni ta’minlay olmadi. Shu sababli tadqiqotchilarning boshqa yo‘l izlashlariga to‘g‘ri keldi.

opel_24_03_2015_1

Mahalliy infraqizil datchikli kameralardan va markaziy fotodiodlardan foydalanilishi tun qorong‘usida ham haydovchining yuzini bir soniyada 50 martadan ortiq skanerdan o‘tkaza oladi. Ma’lumotlarni tezkor qayta ishlashga muvofiq ijrochi elementlar uzluksiz, faralarning yorug‘lik nurlarini gorizontal va vertikal boshqarib turadi.

Biroq boshqa muammo ham yuzaga keldi. Gap shundaki, amaliyotda haydovchining nazari beixtiyor bir nuqtadan ikkinchisiga qaratiladi. Agar faralar ko‘zlarning harakatini aniq takrorlaydigan bo‘lsa, yorug‘lik nurlari keskin va xaotik holda boshqa nuqtalarga o‘tgan bo‘lardi, bu esa umuman nomaqbul holat bo‘lgan bo‘lardi. Shu sababli nurni yo‘nalishini ushlab turish bo‘yicha yorug‘lik nurlarini tekis ta’minlovchi murakkab algoritmini ishlab chiqishga to‘g‘ri keldi. Agar haydovchi soniyaning bir ulushiga bo‘lsa ham, diqqatini chalg‘itsa, faralar baribir, avtomobil oldidagi yo‘lni yoritishda davom etaveradi. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, nurlarning yo‘nalishi doim yaqinni yoritishga dasturlashtirilgan. Tizim har qanday qaddi-qomat va bo‘y-bastga ega haydovchi uchun ham moslashib, ishlayveradi.

Manba: www.gm.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq