Noutbukdan tik turib qanday foydalanish mumkin
24.03.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Ko‘pchilik foydalanuvchilar har kuni o‘z vaqtlarini kompyuter oldida o‘tirib, o‘tkazadilar, bu esa sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin. Tez-tez qo‘l-oyoqlarining chigilini yozish uchun harakat qilishga intiladilar, biroq ish ko‘pligidan buning iloji bo‘lmaydi. Bu holdan Yangi Zelandiyalik tadbirkorlar jamoasi ishlab chiqqan Elevate moslamasi xalos etadi.
Elevate noutbuk va klaviaturani joylashtiruvchi moslamadan iborat, uni ish stoliga joylashtirib, tik turgan holda ishlash imkonini beradi. Moslamani har qanday yuzaga qo‘yish mumkin hamda har qanday inson uchun ish joyini moslab, boshqarish mumkin. Uni bir necha soniyada joylashtirib, foydalanib bo‘lgach, yana shunday holdan qayta yig‘ishtirib olish ham mumkin.
Elevate moslamasi ekologik toza qarag‘ay fanerlaridan minimal qayta ishlash asosida tayyorlangan, undan hatto allergiyasi bo‘lganlar ham foydalanishi mumkin.
Mazkur loyiha Kickstarter saytida qayd etildi. Agar ishlab chiqarish uchun mablag‘ muvaffaqiyatli jamlansa, 2015-yil yoz faslida sotuvga chiqariladi. Taxminiy narxi 100 Yangi Zelandiya dollaridan iborat.
Manba: www.kickstarter.com