Kongo poytaxti ko‘chalaridan biridagi yangi “robokop”
24.03.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Kongo Demokratik Respublikasi yo‘l harakati tartibini boshqarishning juda zamonaviy usulidan foydalana boshladi. Bu yil Kongo Demokratik Respublikasi poytaxtida yo‘l harakati nazoratchisi vazifasini amalga oshiradigan uchta yangi avtomatlashgan mexanizm o‘rnatildi.

O‘z o‘lchami bilan ulkan alyuminiy konstruksiyasi tashqi qiyofasidan o‘tgan asr 90-yilllari boshlaridagi fantastik filmlardagi robotlarga o‘xshaydi. Mazkur robotlar svetofor rolini bajaradi va shuningdek, tartib buzilishi holatlarida foto-video suratga olishni amalga oshiradi.

Uchta «robokop»lar ham birdek oddiy va texnika sohasida mukammal «hamkasblar» bo‘lib, mahalliy aholida ijobiy fikr uyg‘otmoqda. Biroq mazkur loyihaga budjetdan katta mablag‘ ajratilishi sababli uning samaradorligiga shubha bilan qaraydigan ayrim tanqid qiluvchilar ham topildi. Boshqaruv-mashinasiga qarshi chiquvchilar so‘zlariga qaraganda, tirik tartib nazoratchisi yo‘lda juda ham e’tiborli bo‘lib, YHX’ga haydovchilarni jiddiy tartibga chaqiradi, shuningdek, baxsli munozalarning tez hal qilinishiga yordam beradi. Mazkur qurilmalar esa mazmun-mohiyatiga ko‘ra, oddiygina svetofor va videomonitoring tizimi vazifasini amalga oshira oladi, xolos.

robo_24_03_2015

Yo‘l harakati tartibining metal posbonlari bir necha kameralar, qizil/yashil nurli signalllar, shuningdek, yo‘l harakati nazoratchisi qo‘l harakatlarini imitatsiya qiladigan ko‘chma manipulyator-tayanchiq bilan jihozlangan. Elektronika quvvat manbai foto-elektr panellar hisobiga, robot ustidan to‘siq montaj qilingan. Kamera obyektiviga tushgan tasvirlarning hammasi onlayn rejimida bo‘ladi va dispetcher pultida aks etadi.

«YHX laridan ehtiyot bo‘lmaydigan ayrim qonun buzar haydovchilar ham mavjud. Biroq robotda hammasi yaxshi tomonga o‘zgaradi. Robotlarni hurmat qilish zarur», — deydi mahalliy taksi haydovchilaridan biri.

robo_24_03_2015_1

«Robokoplar» ishlab chiqaruvchilari Kongolez muhandis xotin-qizlari assotsiatsiyasi a’zolari hisoblanadi. Shunday qurilmaning narxi $27,5 mingni tashkil etadi. 2013-yilda yo‘l harakatida boshqariladigan oddiyroq modifikatsiyalari to‘qqiz millionli konstruktsiyalarining har biri $15 mingdan narxga to‘g‘ri kelgandi.

Manba: www.theguardian.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq