Bolalar uchun XO-Infinity modulli noutbugi rasman taqdim etildi
24.03.2015
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

One Education tashkiloti XO-Infinity bolalar modulli leptopini rasman taqdim etdi. Oldindan uning qismlarini osongina yangilab turish imkoniyatini hisobga olib, ishlab chiqilgan. Bunda apgreyd uchun asboblardan foydalanish zarur emas, kompyuterni hatto 4 yoshli bolakay ham yig‘a oladi.

bol_24_03_2015

Hozirgi vaqtda XO-Infinity avvalgidek, prototip hisoblanadi, leptopning paydo bo‘lishini esa 2016-yilda kutmoqdalar. Hali uning narxi qanday bo‘lishi ma’lum emas. Biroq tizim Windows, Linux va Android operatsion tizimlarida ishlaydi.

Apparatli ta’minot talabiga muvofiq — bolalar ARM-protsessorlaridan tortib, baquvvat chiplargacha, sensorli displeydan klaviaturasigacha bolalarning yoshiga bog‘liq holda belgilash mumkin.

bol_24_03_2015_1

One Educationdan ma’lum qilishlaricha, kompyuter 10 yoshgacha bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Shunday bo‘lsada, uning korpusi juda mustahkam bo‘lib, bolalarning ehtiyotsizlik bilan foydalanishlariga bardosh beradi. Yana bir ijobiy jihati uning — tejamkorligidir, bu jihati kompyuterdan uzoq vaqt foydalanilganda ham asqotadi. Batafsil ma’lumotlarni tashkilot rasmiy: www.medium.com saytidan olish mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq