Bolalar uchun masofadan boshqariladigan o‘rindiq-belanchagi
24.03.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Sayyoramiz bo‘ylab, taraqqiyot inson hayot va faoliyatining turli sohalarini jadal qamrab, odimlab bormoqda. Hatto go‘daklar belanchagini ham endi tebratib o‘tirishning hojati yo‘q, bu borada, smartfon orqali boshqariladigan maxsus belanchakdan foydalanish mumkin.
Bolalar uchun barcha maxsus mahsulotlarni tayyorlashga ixtisoslangan taniqli Fisher Price Amerika kompaniyasi masofadan boshqariluvchi Smart Connect o‘rindiq-belanchagini tayyorladi. Mobil qurilmasida kichkintoy uchun ilovalar yordamida tebranish tezligini, allaning yoki biror yoqimli kuy taralishini sozlab qo‘yish mumkin.
Ishlab chiqaruvchilar fikriga ko‘ra, Fisher-Pricedan 4-in-1 Smart Connect Cradle Swing bolalar uchun o‘rindiq bir vaqtning o‘zida, uning onasi boshqa yumushlar bilan ovora bo‘lganida bolani ovutib turish uchun belanchak ham hisoblanadi. Bolaning uyqusi kelganida uni tebratuvchi xususiyatlari ham mavjud.
Konstruksiyasida ikki yo‘nalishda, bir tomondan — ikkinchi tomonga yoki oldinga va orqaga tebranuvchi to‘rt xil harakat nazarda tutilgan. Smart Connect pristavkasi esa, nomidan ma’lumki, mazkur o‘rindiq-belanchak funksiyalarini faqat nazorat panelida boshqarish mumkin. Biroq planshet yoki smartfon ilovalari orqali ham boshqarilishi mumkin.
Bundan tashqari, agar go‘dak injiqlik bilan g‘inshiy boshlasa, smartfon yoki planshetdan o‘rindiq-belanchak ustiga mahkamlangan turli yoqimtoy mobil qushchalarni faollashtirish mumkin. Ular kiritilgan svetodiodlar bilan yoritiladi.
Qo‘shimcha «ovutuvchi» omillarda tabiatdagi 16 xil musiqiy ohanglar, sho‘xchang sayroqi qushlarning ovozlari kiritilgan: ilovalar orqali ulardan istalganini faollashtirish mumkin.
Konstruksiyasi mustahkam panjara bilan o‘ralgan bo‘lib, bolaning yiqilib tushishiga yo‘l qo‘ymaydi. Boshqa xonaga o‘rnatishni istasangiz, buni osongina amalga oshirish mumkin: bunda ikki tomonlama tebratish imkoniyatidan foydalanish ham mumkin. Yumshoq jildini yechib olish mumkin: uni bemalol qo‘lda yoki kir yuvish mashinasida yuvish mumkin. Panjarasi kerak bo‘lmaganda osongina yig‘ish imkoniga ega. Fisher-Pricedan yangi bolalar o‘rindiq — belanchagi bolalarga tug‘ilishdan to kichkintoy undan mustaqil tushish yoshiga kirguniga qadar foydalanish tavsiya etiladi. Bunda bola vazni ko‘pi bilan 11,3 kg bo‘lishi zarur, sotuvga tavsiya etilgan ulgurji narxi — $200.
Manba: www.ladytech.ru