Blinchik tayyorlash uchun PancakeBot 3D-printeri
24.03.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

blin_24_03_2015

Amerikalik ixtirochi Migel Valensuela bundan 4 yil ilgari qizlari uchun Legodan blinchiklar (quymoqsimon pishiriq) «bosib chiqaradigan» 3D-printerini yiqqandi. O‘sha vaqtdan buyon gadjetga ko‘p o‘zgarishlar kiritildi va hozirgi vaqtda sotuvga chiqarishga tayyor deb hisoblanmoqda.

Kickstarter PancakeBot uchun muvaffaqiyatli kampaniyadan so‘ng ommaviy ishlab chiqarishga kiritiladi. O‘tgan yili uning prototipi yaratilib, unda Legoning o‘rniga shaffof akrildan foydalanilgan. Hozir oshxona uchun 3D-printeri yanada yaxshiroq ko‘rinishga ega.

Gadjetda ovqat tayyorlashga takomillashtirilgan oddiy 3D-printeri namoyon etilgan. «Bosib chiqrish»da plastik material o‘rnida blinchik xamiridan foydalaniladi. Blinchiklar kiritilgan va qizdirilgan tovada «bosib chiqariladi».

Odatda, ko‘plab 3D-printerlari ishlab chiquvchilari uni arzon narx e’lon qilib, o‘zlariga jalb etsalarda, keyin qimmatbaho kartridjlarni tavsiya etadilar. PancakeBotda esa hammasi boshqacha: kerak bo‘ladigan narsa, bor-yo‘g‘i — bu suyuq xamirdir.

Manba: www.kickstarter.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq