Soliqlar bo‘yicha internet maslahatchi
23.03.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Davlat soliq qo‘mitasining internetdagi rasmiy www.soliq.uz saytida «Jismoniy shaxslar soliqlari bo‘yicha maslahatchi» interaktiv xizmati joriy etilgan.

Ushbu interaktiv davlat xizmati jismoniy shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning soliq savodxonligini oshirish, davlat soliq organlarida mavjud ma’lumotlardan foydalangan holda soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanayotgan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq turlari hamda ularning stavkalari, imtiyozlar va ulardan foydalanish borasida qulayliklar yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk, yer, daromad va yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy belgilangan soliqlari bo‘yicha ma’lumotlarni Davlat soliq qo‘mitasining www.soliq.uz rasmiy saytiga kirib olish mumkin.

Ushbu interaktiv xizmatidan foydalanish uchun Internet brauzerga ulanib Davlat soliq qo‘mitasining manzillar qatorida http://soliq.uz/ tanlanadi hamda Jismoniy shaxslar uchun bo‘limidan «Jismoniy shaxslar soliqlari bo‘yicha maslahatchi» interaktiv xizmatini tanlagan holda tizimga kiriladi.

«Jismoniy shaxslar soliqlari bo‘yicha maslahatchi» interaktiv davlat xizmatidan foydalanib, soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar soliq turi, soliq davri (yil ko‘rinishida 2009 yildan boshlab) hududni (viloyat, tuman yoki shahar) tanlash orqali tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin.

Хусусан, jismoniy shaxs tomonidan tegishli katakchalar tanlanganidan so‘ng ushbu satrlarni qanoatlantiruvchi ma’lumotlar, ya’ni «To‘lash muddatlari», «Soliq stavkalari», «Soliq imtiyozlari» va «Soliq haqida ma’lumot» tugmachalari hamda ularning ichki qismida mazkur soliq turiga taalluqli me’yoriy hujjat nomi, hujjat raqami, sanasi va mazkur soliq turining to‘lov muddati, soliq stavkasi, soliq imtiyozlari oynaning quyi qismida aks etadi.

Ushbu interaktiv xizmat, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan har kuni istalgan vaqtda to‘xtovsiz va bepul ko‘rsatiladi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan joriy etilgan interaktiv davlat xizmatlari tegishli ma’lumotlarni soliq to‘lovchiga yetkazib ularning xabardorligini oshirishdan iborat. Aholining moddiy va moliyaviy xarajatlarini tejashi, ularning soliq savodxonligini yuksaltirishi bilan bir qatorda soliq organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi darajasi hamda soliq to‘lovchilarning davlat soliq xizmati organlariga ishonchini oshishiga qo‘shimcha omil bo‘lib xizmat qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq