O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning mediasavodxonligini oshirishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
23.03.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

cyber_22_03_2015

2015 yil 19 mart kuni “Kiber jinoyatchilik va uning tahdididan shaxsni himoya qilish” mavzusida yoshlarning media savodxonligini oshirishga qaratilgan turkum tadbirlarning navbatdagisi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari bilan o‘tkazilgan mazkur davra suhbatini Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi Internet-madaniyatni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Laziz Bo‘ronov olib bordi.

cyber_22_03_2015_1

L.Bo‘ronov “kiberjinoyatchilik”, “spam”, “fishing”, “farming”, “internetfiribgarlik» kabi tushunchalarga tarif berdi va xaker hujumlari turlari, aksari Internet foydalanuvchilari ular qurboniga aylanib qolishi holatlari va ular keltirgan talofotlar hakida gapirib berdi. Shuningdek, u talabalarni xakerlik hujumi va kiberjinoyatchilik vositasida amalga oshirilgan jinoyatlarga nisbatan O‘R Jinoyat Kodeksining Internet foydalanuvchilarini havfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan moddalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoklar haqida suhbat borar ekan, L.Bo‘ronov tinglovchilarning etiborini milliy domenda faoliyat yuritayotgan va o‘zbek yoshlari orasida etibor qozongan muloqot.uz, sinfdosh.uz, tengdosh.uz, milliy.uz, vsetut.uz kabi tarmoqlariga qaratdi. Shuningdek, u hozirgi kunda milliy bloglar va blogerlarning tavsiya etilgan saytlarga yoshlarni jalb qilishdagi roli hakida gapirdi.

Davra suhbati qatnashchilari Antivirus, Nod, Kaspersky kompyuter viruslariga qarshi sistemalar, Fairborn, Kidskontroll nazorat sistemalariga doir savollar bilan murojaat qildilar va ularga batafsil javoblar oldilar. O‘zaro muloqot tarzida o‘tgan davra suhbati talabar bilimini qizikarli malumotlar bilan boyitdi va ularda yaxshi taassurotlar qoldirdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq