Dasturiy mahsulotlar va texnik ishlanmalarga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘z ishini boshladi
23.03.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

17-mart Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sport majmuasida universitetning Dasturiy injiniring va Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetlarining talabalari, magistrlari tomonidan yaratilgan dasturiy mahsulotlar, veb va texnik ishlanmalariga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘z ishini boshladi.

tex_23_03_2015

Ko‘rgazmani tashkil etishdan asosiy maqsad universitet va uning xududiy filiallarida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ilmiy faoliyatga jalb etish, samarali loyihalarni amaliyotga joriy qilinishiga erishishdan iborat.

Ko‘rgazmada universitet 90 dan ortiq dasturiy va texnik ishlanmalar, jumladan, 18 ta mobil qurilmalarga mo‘ljallangan dasturiy vositalar, 37 ta veb-saytlar va veb-ilovalar, 10 dan ortiq Windows operatsion tizimida ishlashga mo‘ljallangan dasturlari va kompyuter o‘yinlari hamda 25 ta elektronika sohasidagi texnik ishlanmalar namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazmaning birinchi kunida taqdim etilayotgan ishlarni ko‘rish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi mutaxassislari tashrif buyurdilar.

Ko‘rgazmaning ikkinchi kunida taqdim etilgan ishlar orasidan “Eng yaxshi mobil ilova”, “Eng yaxshi veb-ilova”, “Eng yaxshi Windows ilova” va “Eng yaxshi texnik ishlanma” nominatsiyalari bo‘yicha eng sara ishlanmalar mualliflari tashkilotchilar tomonidan maxsus sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishlari rejalashtirilmoqda.

Ko‘rgazmani tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekiston pochtasi” ochiq aksiyadorlik kompaniyasi va “UZINFOCOM” markazi yaqindan yordam berdi.

Ko‘rgazma 2015 yilning 18 martigacha davom etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq