“Arxeologiya” elektron o‘quv qo’llanmasi ishlab chiqildi
23.03.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti olimlari tomonidan EHM uchun arxeologiya elektron o’quv qo’llanmasi ishlab chiqildi.
Uning asosiy vazifasi arxeologiya fani bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun zarur bo‘lgan o‘quv metodik ma’lumotlarni yaratish, saqlash va tizim foydalanuvchilari uchun yetkazib berishdan iborat. Elektron qo‘llanmada fanni o‘qitishdagi ko‘rgazmalilik va talabalarda to‘liq tasavvurni shakllantirish imkoniyati yuzaga chiqarilgan. Dastur professor-o‘qituvchilar va oliy ta’lim talabalari uchun mo‘ljallangan.
Mualliflar N.A.Egamberdiyeva va M.R.Fayzieva ushbu elektron o‘quv qo‘llanma uchun №DGU 02978 raqamli guvohnoma oldilar.
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq