Sug‘urta xizmatidan foydalanishda yangi imkoniyatlar
16.03.2015
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

2015 yilning 16 mart kuni «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi majlislar zalida Kompaniya tomonidan joriy etilgan axborot tizimi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

usl_16_03_2015

Unda Kompaniya rahbariyati, maxsuslashtirilgan sho‘ba korxonalari, Toshkent shahridagi filiallar mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Bugungi kunda jamiyatning barcha jabhalarida bo‘lganidek iqtisodiyot sohasida ham aholiga qulaylik yaratish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda mijozlarga sifatli va zamon talablariga mos xizmat ko‘rsatish maqsadida ko‘plab xizmatlarning elektron shaklga o‘tkazish jarayoni olib borilmoqda. «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida»gi, «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonunlarning qabul qilingani hamda «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi qonun loyihasining ishlab chiqilgani davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, ochiqligini ta’minlash, shu bilan birga elektron ko‘rinishdagi boshqaruv jarayonlarida jumladan, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, avtomatlashtirishda davlat organlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday islohotlar o‘z navbatida mamlakatimizda elektron savdo va elektron xizmatlarni rivojlanishiga ko‘maklashib, aholining keng qatlami uchun turli byurokratik to‘siqlarni kamaytirib, masofa va vaqtni qisqartirish imkonini beradi.

«O‘zbekinvest» kompaniyasi o‘z faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Bu boradagi ishlar Internet tarmoqi orqali sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha yangi usullarni joriy etish, sotish bozorini kengaytirish, xizmatlar sifatini oshirish, mahsulotlar tannarxini kamaytirish kabi masalalarni ko‘zda tutadi.

Ana shu maqsadlardan kelib chiqib hamda mamlakatimiz Prezidentining 2014 yil 3 aprelda qabul qilingan «Iqtisodiyotning real sektorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish choralari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida «O‘zbekinvest» kompaniyasi tomonidan «Sug‘urta xizmati to‘lovining elektron usullarini joriy etish» loyihasi amalga oshirildi.

Mazkur loyihani amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad bir nechta elektron to‘lov tizimlari orqali mijozlarga elektron xizmat ko‘rsatish, ya’ni sug‘urta xizmatini olishga talabnomalarni qabul qilish va rasmiylashtirish bo‘yicha elektron tizimni ommalashtirishdan iborat. Shuningdek, kompaniyada elektron hujjat aylanmasi elementlarini joriy qilish, talabnomalarni qabul qilishning taqsimlangan tizimini yaratish, xizmatlarni masofadan turib rasmiylashtirish va qayta ishlov berish imkoniyati hisobiga xizmatlar maydonini kengaytirish kabi masalalar ko‘zlangan.

Loyiha doirasida ishlab chiqilgan tizim mijozlarni Kompaniya veb-saytidagi shaxsiy kabinetda ro‘yxatdan o‘tishidan tortib kerakli sug‘urta turini tanlash, elektron to‘lov turlaridan biri bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish hamda polisning tayyor bo‘lishiga qadar bosqichma-bosqich jarayoni haqida SMS-xabardor qilish imkoniyatini ham o‘z ichiga olgan.

usl_16_03_2015_1

Loyiha Kompaniya tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, taqdim etilayotgan sug‘urta mahsulotlari uchun elektron to‘lovlarni qabul qilish maqsadida UzCard, Click, SMS-To’lov, Mbank, Websum to‘lov tizimlariga ulangani bilan ahamiyatlidir. Ushbu to‘lov tizimidan foydalanish fuqarolar uchun bepul va amalga oshirilgan to‘lovlar uchun komission haq olinmaydi.

Ta’kidlash kerakki, ayni paytda «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish», «Avtotransport vositalarining qismlarini birinchi qaltislikkacha sug‘urtalash», «Garovga qo‘yilgan avtotransport vositalarini sug‘urtalash», «Baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish», «Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta», «Oilaviy tibbiy sug‘urta», «Garovga qo‘yilgan mulkni sug‘urtalash», «Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish», «Ixtiyoriy mulk sug‘urtasi» kabi 10 dan ortiq sug‘urta turlarini Kompaniya veb-sayti orqali elektron to‘lov tizimlari yordamida xarid qilish mumkin.

Taqdimotda qayd etildiki, «O‘zbekinvest» kompaniyasi tomonidan joriy etilgan ushbu elektron tizim mijozlarga qulaylik yaratish, ularning vaqtini tejash, xizmatlarning geografik qamrovini kengaytirishi bilan ham ahamiyatlidir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq