Respublika bo‘ylab AKT mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi
13.03.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

uz_13_03_2015

2015 yilning 13 mart kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sport majmuasida, shuningdek universitetning hududiy bo‘linmalarida, hududlarda joylashgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi kasb-hunar kollejlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturida har bir hududning ehtiyojlarini hisobga olgan holda, o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlashga e’tibor qaratilgan. Bugun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, uning hududiy bo‘linmalari va 74 ta kasb-hunar kollejlarini har yili 20 mingdan ziyod o‘quvchilar bitirib chiqishmoqda. Ularni mehnat faoliyatiga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash dolzarb vazifa hisoblanadi.

Mazkur yarmarkadan ham ko‘zlangan maqsad soha kompaniya va tashkilotlariga, mamlakatimizda mazkur yo‘nalishda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga AKT sohasidagi kadrlarni jalb etish imkoniyatini yaratish, shuningdek yosh mutaxassislarga ishga joylashishlariga ko‘maklashishdir.

Yarmarkada axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat yurituvchi 30 dan ziyod korxonalar, shuningdek 40 dan ortiq davlat organlari, bank moliya muassasalari, kompaniyalar o‘zlarida mavjud mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashadilar.

Davlat, xo‘jalik boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyati organlarining AKT bo‘yicha maxsus bo‘linmalari faoliyatini takomillashtirish, ularni malakali mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida, yarmarkada bitiruvchilarga mazkur yo‘nalishda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ham ma’lumot olish imkoniyati yaratildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq