Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi xodimlarning kasb mahoratlarini oshirishga doir o‘quv kurslari davom etmoqda
12.03.2015
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

uz_12_03_2015

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tizimdagi kadrlarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida, 2015 yilning yanvar-aprel oylarida 76 soatga mo‘ljallangan “Davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirish” dasturi asosida o‘quv kurslari tashkil etilmoqda.

Videokonferensaloqa tarmog‘i yordamida barcha viloyatlarni qamrab olgan o‘quv kurslarida vazirlikning markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, “O‘zbektelekom” AK, hududlardagi bo‘linmalari, shuningdek, viloyatlardagi kompyuterlashtirish markazlari va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xodimlari ishtirok etishmoqda.

O‘quv kurslari mobaynida mutaxassislar:
— “O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy asoslari”;
— “Elektron hukumat” tizimini joriy qilish va uni rivojlantirishning bosqichlari”;
— “Elektron hukumat” tizimi loyihalarini boshqarish”;
— “Interaktiv davlat xizmatlari: umumiy tushunchalar, joriy qilishning ahamiyati va zaruriyati”;
— “Iqtisodiyotning real sektorlarida biznes jarayonlarini avtomatlashtirish: texnologiyalar va yechimlar” va “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida axborot xavfsizligini ta’minlashning dolzarb masalalari” mavzularidagi taqdimotlar havola etilmoqda.

Tinglovchilar ushbu taqdimotlar orqali axborotlashtirish sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, loyihalarni tanlash amaliy mexanizmini shakllantirish va ularni amalga oshirish monitoringi asosida mablag‘lardan samarali foydalanish mexanizmini yaratish, davlat organlari manfaatlari uchun eng muhim va ustuvor idoralararo loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, idoralararo integratsiyalashgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalari, idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini shakllantirish kabi yo‘nalishlarda zamonaviy bilimlarga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, ma’ruzalarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar, oflayn xizmatlarni reinjiniring asosida interaktiv shaklga o‘tkazish amaliyoti, loyihalarni baholash bo‘yicha ilg‘or tajribalarga ham urg‘u qaratildi.

O‘quvlar mobaynida soha mutaxassislarining ingliz tili savodxonligini oshirish yuzasidan ham alohida o‘quv soatlari ajratilib, ular maxsus o‘quv rejasi asosida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining malakali professor o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.

Aprel oyiga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan o‘quv kurslarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining jami 362 nafar xodimlarining ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq