Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etiladi
11.03.2015
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

yarmarka_11_03_2015

2015 yilning 13 mart kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sport majmuasida, shuningdek universitetning hududiy bo‘linmalarida, hududlarda joylashgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi kasb-hunar kollejlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etiladi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad soha kompaniya va tashkilotlariga, mamlakatimizda mazkur yo‘nalishda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga AKT sohasidagi kadrlarni jalb etish imkoniyatini yaratish, shuningdek yosh mutaxassislarga ishga joylashishlariga ko‘maklashishdir.

Yarmarkada axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat yurituvchi 50 dan ziyod korxonalar, shuningdek davlat organlari bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashadilar.

Yarmarkada ish izlovchi sifatida TATU va uning hududiy bo‘linmalari bilan birga, sohaning 74 nafar kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ham qatnashishlari mumkin.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sport majmuasida tashkil etiladigan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi chizmasi

yarmarka_11_03_2015_01

Shuningdek, yarmarka 13 mart kuni – bir vaqtning o‘zida yurtimizdagi barcha hududlarda, quyidagi manzillarda tashkil etiladi:

  • Samarqand: TATU ning Samarqand filialida
  • Farg‘ona: TATU ning Farg‘ona filialida
  • Qarshi: TATU ning Qarshi filialida
  • Urganch: TATU ning Urganch filialida
  • Nukus: TATU ning Nukus filialida
  • Andijon: Andijon axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji
  • Namangan: Namangan transport va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji
  • Buxoro: Jondor ishlab chiqarish, transport va aloqa kasb-hunar kolleji
  • Jizzax: Jizzax shahridagi transport va aloqa kasb-hunar kolleji
  • Navoiy: Navoiy informatika va elektron ishlab chiqarish kasb-hunar kolleji
  • Termez: Termez axborot texnologiyalari va maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq