2014 yilda “Beeline” tarmoq rivojlanishiga $79 million sarmoya qildi
10.03.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” milliy matbuot-anjumani doirasida 2014 yilning yakunlarini sarhisob qildi. “Unitel” MChJ Bosh direktori Vladimir Petrov o‘z chiqishida o‘tgan yil mobaynida kompaniyaning kapital harajatlari 79 million AQSh dollarini tashkil etganini belgilab o‘tdi.

beeline_10_03_2015

“O‘zbekistondagi “Beeline” abonentlarining faolligi o‘sgani haqida “VimpelCom” hisobotidan ko‘rish mumkin: ularning har biri bir oy davomida o‘rtacha yarim soatga ko‘proq muloqot eta boshladilar. Mobil Internetdan foyda 30%dan ortiq ko‘paygani ham ahamiyatga olinsa, tarmog‘imizga ham ovoz, ham data-trafik tomonidan og‘irlik sezilarli darajada oshganini ko‘rsatadi. Yangi takliflarni chiqarish bilan bir qatorda bu darajadagi o‘sishni biz aloqa kanallarini kengaytirish va yangi uskunalarga yo‘naltirilgan qo‘shimcha sarmoyalar tufayli uddaladik – o‘tgan yili bu sarmoyalar 79 million dollarni tashkil etdi. Albatta, bu yili biz xizmatlar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan yo‘limizni saqlab qolamiz, chunki bu bizning bozordagi strategiyamizning ustuvorligidir”, — yil natijalarini sharhladi “Unitel” MChJ Bosh direktori Vladimir Petrov.

beeline_10_03_2015_1

O‘zbekistondagi “Beeline” uyali aloqasi abonentlarining soni to‘trinchi chorak natijalari bo‘yicha 10 593 000 kishini tashkil etdi. Shunday qilib, yil davomida abonent shartnomalari sonining o‘sishi – 75 000 yoki 1%ni tashkil qildi. Bir oy davomida bitta mobil abonentiga bo‘lgan o‘rtacha hisob (ARPU ko‘rsatkichi) yildan yilga $0,8 ga o‘sdi. Bunda MOU ko‘rsatkichi (bir oyda bitta abonent tomonidan foydalanilgan daqiqalar soni) yil mobaynida 528 daqiqagacha o‘sdi (o‘tgan yildagi 493 daqiqaga nisbatan).

beeline_10_03_2015_2

O‘zbekiston bozorida yetakchilik qilayotgan kompaniyaning operatsion foydasi yil mobaynida 7%ga oshdi va 718 mln AQSh dollarini tashlik etdi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq