“Silk96” restoranidan VIP-tushlik Facebook‘dagi “Beeline Club” sahifasida o‘ynaladi
09.03.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” “Silk96” restorani bilan hamkorlikda Facebook‘dagi “Beeline Club” sahifasining foydalanuvchilari uchun tanlov e’lon qiladi. G‘olib “Silk96” restoranida maxsus taklif etilgan somelye Anastasiya Bondar (Baron Philippe de Rothschild S.A. uyidan) ishtirokida 19 mart kuni bo‘lib o‘tadigan VIP-tushlikga vaucherni qo‘lga kiritadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun “Beeline Club” sahifasiga a’zo bo‘lish (“Like” bosish), tanlov haqidagi yangilikga “Like” qo‘yish, o‘z sahifasida “share” tugmasi orqali chop qilish va post ostida sharh tarzida “Silk96 restoranidan ikki kishilik tushlikni yutib olishni istayman!” deb yozish lozim.

beeline_9_03_2015

Tanlov 2015 yilning 10-16 mart kunigacha (shu kun ham kiradi) o‘tkaziladi. G‘olib ommabop random.org saytida tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlanadi. Natijalarning skrinshoti www.facebook.com/beelineclub sahifasida 17 mart kuni chop etiladi.

Facebook‘dagi “Beeline Club” sahifasi “Beeline” kompaniyasining shu nomli yirik loyihasiga bag‘ishlangan bo‘lib, uning doirasida har bir abonent yig‘ilgan ballarini imtiyozlar kartasiga almashtirishi mumkin. Buning uchun “Beeline” xizmatlaridan foydalanish evaziga ballarni to‘plashga imkoniyat beradigan maxsus bepul xizmatni yoqishning o‘zi kifoya. 1500 ball evaziga “Gold” kartasi, 3000 ball evaziga esa “Platinum” kartasini qo‘lga kiritish mumkin.

“Beeline”ning “Beeline Club”ga a’zo bo‘lgan abonentlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarkand, Toshkent, Termiz va Farg‘ona shaharlaridagi yuzlab restoran va savdo nuqtalaridan imtiyozli foydalanishlari mumkin.

Batafsil ma‘lumot www.facebook.com/beelineclub sahifasida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq