“Beeline” va “Lotte City Hotel Tashkent Palace” “Romantika oqshomi” tanlovining g‘olibini e’lon qildilar
06.03.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” “Lotte Сity Hotel Tashkent Palace” restorani bilan hamkorlikda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Beeline Uzbekistan” sahifasining foydalanuvchilari uchun “Romantika oqshomi” tanlovi natijalarini e’lon qildilar. Malik Axmedov nomli ishtirokchi g‘olib bo‘ldi va romantik oqshomga ikki kishilik taklifnomani qo‘lga kiritdi.
G‘olib ommabop random.org saytida tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlandi. Natijalarning skrinshoti www.facebook.com/beeline.uz sahifasida 5 mart chop etildi.
Eslatib o‘tamiz, tanlov 2015 yilning 25 fevralidan 4 martiga qadar o’tkazildi. Tanlovda ishtirok etish uchun tanlov haqidagi yangilikga “Like” qo‘yish, o‘z sahifasida “share” tugmasi orqali chop qilish va ishtirokchi kim bilan oqshomga tashrif buyurishi haqida post ostida sharh qoldirishi lozim edi.
Batafsil ma’lumot — www.facebook.com/beeline.uz sahifasida
Manba: kompaniya press-relizi