“O‘zbektelekom” AK CHXKYAM mintaqaviy xizmati xodimlari o‘qitildi
04.03.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

uz_4_03_2015

“O‘zbektelekom” AK “Telekommunikatsiyalar va personalni rivojlantirish markazi” filiali bazasida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Chaqiriqlarga yagona xizmat ko‘rsatish markazi (CHXKYAM) “Call-centre” mintaqaviy xizmatlar rahbarlari hamda xodimlari uchun trening o‘tkazildi.

uz_4_03_2015_1

Mazkur trening “Sreative Financial Solutions” kompaniyasi mutaxassislari bilan o‘tkazildi. “Sreative Financial Solutions” kompaniyasi bilan “O‘zbektelekom” AK Call-markaz uchun xodimlarni tayyorlash bo‘yicha hamkorligi  2011-yildan buyon yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur hamkorlik doirasida xodimlarni tayyorlash bo‘yicha har yili  treninglar o‘tkaziladi.

uz_4_03_2015_2

Mazkur treningdan maqsad  mijozga mo‘ljallangan servis xizmati ko‘rsatilishiga yo‘naltirilgan mijojlarga sifatli xizmat ko‘rsatish malakalarini oshirish, mahoratli malakalarni egallash haqida tasavvur hosil qilish va ichlab chiqishdan iborat.

Trening o‘tkazish davrida xizmat ko‘rsatishning xalqaro standartlari namoyish etilda va Kompaniya mijozlarining sodiqligi borasida ishlash malakalarini ishlab chiqildi.

uz_4_03_2015_3

Trening jarayonida quyidagi mavzularga alohida e’tibor qaratildi:

“Jamoa bo‘lib ishlash. Nizoli vaziyatlarni boshqarish va ruhiy zo‘riqishga bardoshlilik”, “Xizmat ko‘rsatish etikasi va  samarali sotuvlar malakasi”.

Trening yakunlanishi bilan ishtirokchilarga “Sreative Financial Solutions” kompaniyasi sertifikatlari topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil aprel oyida, Chaqiriqlarga yagona xizmat ko‘rsatish markazi joriy etish loyihasi doirasida, videokonferensaloqa seansi asosida “O‘zbektelekom” AK 13ta mintavaqiy Chaqiriqlarga yagona xizmat ko‘rsatish markaz (CHXKYAM)larining ochilishi bo‘lib o‘tgandi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1730-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1989-sonli Qarorlariga muvofiq amalga oshirildi.

Dastlabki “09” ma’lumotlar xizmati Toshkent shahrida 1936-yil paydo bo‘lgan, 2003-yilda esa Ma’lumotli-axborotlar xizmati (MAX) tashkil etilgan, 2009-yilda MAX bazasida zamonaviy Call-markaz yaratildi, 2014-yilda esa  Chaqiriqlarga yagona xizmat ko‘rsatish markazi ini yaratish bo‘yicha ishlar oxiriga yetkazildi.

2014-yil 24-aprelda axborot xizmatlarining evolyutsion rivojlanishi sifatida 13ta hududiy tarqoq chaqiriqlarni qayta ishlash markaz (CHQIM)larini birlashtiruvchi tizim joriy etildi. CHXKYAMning o‘ziga xos xususiyati shundaki, CHQIMlarning manzili qayerda joylashganligidan qat’iy nazar, iste’molchilar xizmatida ham, CHQIMlarning o‘zlariga ham chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatishning to‘liq turlarini amalga oshirish imkoniga ega bo‘lindi.

“O‘zbektelekom” AK Chaqiriqlarga yagona xizmat ko‘rsatish markazi bugungi kunda bu:

  • Mintaqaviy chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatish markazlarining yagona axborot muhitiga birlashtirilishi.
  • Kiruvchi qo‘ng‘iroqlar umumiy oqimini yagona amal qiluvchi boshqaruv va  kommutatsiyalar markazida taqsimlab qayta ishlanishi.
  • Hududiy tarqoq CHQIMlar turli ma’lumotli-axborot xizmatlari bo‘yicha chaqiriqlarni qayta ishlanishining intellektual avtomatlashtirilishi.
  • Mijozlarning hududiy joylashuvidan qat’iy nazar, bir xil  yuqori darajadadi sifatli xizmatlarning taqdim etilishi.
  • FHga yuqori  qaytarishga bardoshlilik.
  • Kiruvchi yuklamalarni boshqarish va qayta manzilga yo‘llashning qulayligi.
  • Taqdim etilayotgan xizmatlar ro‘yxatining kengligi.

Tashkil etilgan CHXKYAM infrastrukturasi O‘zbekistonning butun hududi bo‘ylab  kichik hamda katta korxonalar uchun autsorsing xizmatlar ro‘yxatining keng turlarini ko‘rsatishga imkon beradi. CHXKYAMdan foydalanib, davlat ijtimoiy va iqtisodiy dasturlari statistik tahlili uchun axborotlarni jamlash bo‘yicha imkoniyatlardan foydalanish, shuningdek, mamlakatimiz barcha mintaqalari uchun qulay bo‘lgan fuqarolarning davlat xizmatlari hamda idoralari bilan o‘zaro muloqotini yuqori darajada qulay va samarali imkoniyatini amalga oshirish mumkin.

“O‘zbektelekom” AK Chaqiriqlarga yagona xizmat ko‘rsatish markazi (CHXKYAM) joriy etish loyihasini amalga oshirilishi 220ta yangi ish o‘rnini yaratish va 170 nafar aloqa sohasidagi oily va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda  O‘zbekiston Respublikasi boshqa ta’lim muassasalaridan 50 nafar bitiruvchilarini ishga olish imkonini berdi. Yangi markazlarning barcha xodimlari tanlov asosida tanlab olindi va mintaqaviy markazlarda ishlash uchun zarur bilim va malakalarga ega bo‘lishlari uchun o‘quv kurslarida bo‘ldilar.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq