UZBEKINVEST — O‘zbekiston sug‘urta bozorining eng yirik kompaniyasi CLICK tizimining hamkori!
02.03.2015
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

CLICK kompaniyasi O‘zbekistondagi sug‘urta bozoridagi eng yirik kompaniyasi UZBEKINVEST bilan hamkorlikni boshlaganini mamnuniyat bilan xabar qiladi.

CLICK tizimining hamkorlar ro‘yxatining navbatdagi kengayishi tizim foydalanuvchilariga sug‘urta xizmatlarini tanlashda qo‘shimcha imkoniyatlarni ochib bermoqda. Endi tizim foydalanuvchilari UZBEKINVEST kompaniyasining xizmatlariga ham to‘lashlari mumkin.

Bugungi kunga kelib, CLICK tizimi orqali UZBEKINVEST kompaniyasining quyidagi sug‘urta xizmatlarini rasmiylashtirib, kerak bo‘lgan to‘lovlarni amalga oshirish mumkin:

Оilaviy tibbiy sug‘urtasi “Mening oilam”;

  1. Ixtiyoriy tibbiy sug‘urta;
  2. Baxtsiz hodisalardan sug‘urta “Mening sog‘lig‘im”;
  3. Baxtsiz hodisalardan umrni sug‘urtalash;
  4. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urtasi;
  5. Avtotransport qismlarining birinchi risk bo‘yicha sug‘urtasi “Mening avtoulovim”.

Sug‘urta polisini kompaniya saytida (http://online.uzbekinvest.uz/) rasmiylashtirsa bo‘ladi. Buning uchun foydalanuvchilar kerakli xizmatni tanlab, arizani to‘ldirishlari lozim. Sug‘urta polisi uchun to‘lovni UZBEKINVEST kompaniyasining saytida joylashgan “Shaxsiy kabinet”da, my.click.uz/m.click.uz manzili bo‘yicha joylashgan CLICK tizimidagi “Shaxsiy kabinet”da, yoki ekspress-so‘rov orqali balansni to‘ldirib turib, (*880*0121*mijoz raqami*to‘lov summasi#) amalga oshirish mumkin.

“Kompaniyamiz CLICK tizimi orqali to‘lash imkoni bo‘lgan xizmatlar ro‘yxatining navbatdagi kengayishi to‘g‘risida mamnuniyat bilan xabar qiladi. Foydalanuvchilarimizga UZBEKINVEST kompaniyasining turli xizmatlariga to‘lash imkoni ochilgani CLICK tizimida foydalanuvchilarga maksimal imkoniyatlarni ochilishiga qaratilganidan yana bir bor yaqqol dalilidir” – deb ta’kidladi CLICK komaniyasining rahbari Ulug‘bek Rustamov.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq