Март 2015 arxivlar

Eng maqbul usul va yangi qulaylik

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 4 dekabrdagi «Soliq va byudjet siyosatining 2015 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 45-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga asosan 2015 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlarining soliq hisobotini telekommunikatsiya kanallari orqali elektron hujjat tarzida taqdim etishi belgilab berildi.

Muallif:

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning media savodxonligini va axborot texnologiyalardan foydalanish etikasini shakllantirish yuzasidan o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi

lib_27_03_2015

2015 yil 26 mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi qoshidagi ZiyoNet bo‘limi mutaxassislari bilan hamkorlikda “Milliy ijtimoiy tarmoqlar faoliyatini va Internet tarmog‘idagi kontentni rivojlantirish” mavzusida kompter texnologiyalarining faol foydalanuvchilari – yoshlar uchun mo‘ljallangan seminar mashg‘ulotini o‘tkazdi. Seminarda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, shaxsiy axborotni, jumladan shaxsiy foto va video faylar joylashtirishda nimalarga e’tibor qaratish, axborotni ximoya qilish, boshqa shaxslarga tegishli axborotni tarqatishda nimalarga e’tibor qaratish, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiladigan axborotlarning ishonchiligini tekshirish lozimligi xaqida fikrlar yuritildi.

Muallif:

Raqamli platformaga ko‘chayotgan demokratiya

Jamiyatda inson haq-huquqlari, tenglik tamoyillari o‘rnatilgani sayin davlat rivojida hukumat va aholi hamkorligi mustahkamlanib borgan. Hamkorlikning darajasi o‘zaro axborot-ma’lumot almashish imkoniyatlari bilan o‘lchanadi. Axborot yoki ma’lumot birinchi navbatda hayotimizga ta‘sir qiluvchi bilim degani. Shuning uchun ham davlat faoliyatiga oid barcha ma’lumotlar aholi turmush tarzida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Ma’lumotlarning cheklanmagan miqdorda taqdim etilishi xalqqa uning ichidan kerakli bilimlarni ajratib olish va jarayonlarga nisbatan munosabatini shakllantirish, ijtimoiy hayotga kirishish imkonini bergan.

Muallif:

Elektraloqa sohasining mashhur namoyandalari

bell_25_03_2015

O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyiga tashrif buyursangiz, muzey binosining ikkinchi qavatida namoyish etilgan “Elektraloqa asoschilari” stendi e’tiboringizni tortadi. Stenddan Jahon aloqa sohasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan mashhur olim va ixtirochilaring suratlari va ularning faoliyatiga taalluqli ma’lumotlar o‘rin olgan. O‘zbekiston aloqa tarixi muzeyi eksponatlari bilan tanishishda davom etib, sahifalarimizda mazkur buyuk siymolar hayot va faoliyati haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni yoritib borishga ahd qildik. Bugungi sahifamiz Aleksa?ndr Gre?yam Bellga bag‘ishlandi.

Muallif:

Vmlab muhitida o‘rnatilgan tizimlarni loyihalashtirish dasturiy ta’minoti

vm_25_03_2015

Yangi texnologiyalar jadal rivojlanishi va amaliyotga tatbiq etish sharoitlarida mutaxassislar oldida texnologiya jarayonlarini o‘rnatish, tarkibiy qismlarini qo‘llanilishi, zamonaviy texnologiyalar asosida tarmoq yaratish kabi masalalarning tadqiqotlari dolzarblashib bormoqda. O‘zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishiga qaratilgan muhim hujjatlar, qabul qilingan qonunlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Muallif:

Axborot texnologiyalari sohasida bo‘lajak kadrlarida zaruriy kasbiy sifatlarni shakllantirish

axb_25_03_2015

Axborotlashgan jamiyatga o‘tish ta’lim tizimidan, atrofdagi real voqeliklarga tezda moslasha oladigan, nafaqat axborotlarni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash, balki yangilarini yaratish, axborot oqimlarini boshqarish hamda ularga samarali ishlov berishga qodir bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashning printsipial jihatdan yangi muammolarini hal etishni talab etadi. Mutaxassislarga quyilayotgan talabalarning o‘zgarishi, kutilishi mumkin bo‘lgan natijalarning globalligi, nostandartligi, tizimli va fanlararo xususiyatlari bilan farqlanuvchi yangi turdagi nazariy va amaliy vazifalarning yuzaga kelishi bilan bog‘liq.

Muallif: Botir To‘rayev, Saida Beknazarova

Ucell mobil operatori O‘zbekiston ahlini ajoyib va umutilmas tarzda go‘zallik va yangilanish ayyomi — Navro‘zi olam bilan tabrikladi!

Navro‘z – o‘zbek halqining qadimiy bayramlaridan biri sanalib, yaxshilik va mehr-muruvvat ramzi hisonlanadi. Ucell o‘zbek halqi an‘analariga hurmat va e‘tibor ko‘rsatgan holda, bayramga o‘zgacha tus berish uchun yurtimizning 8 ta viloyatida “Sumalak Sayli” nomi ostida bayram kechasini tashkil etdi.

Muallif: