Davlat interaktiv xizmatlarini rivojlantirishning muhim masalalari
26.02.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Z. Otakuzieva, Sh. Boboxodjayev.

davl_26_02_2015

Bugungi kunda har qanday davlatning rivojlanishi, uning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni ushbu mamlakatda AKT xizmatlarining rivojlanish darajasi, aholining turli guruhlari tomonidan ulardan foydalanishdagi imkoniyatlariga bevosita bog‘liq desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida xizmat ko‘rsatish sohasi yildan-yilga jadal sur’atlarda o‘sib bordi, jumladan, 2013-yil yakunlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 13,5 foizga, ularning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa 2000-yildagi 37 foizdan 53 foizga o‘sdi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi). Bu raqam va ko‘rsatkichlar orqali esa mamlakatimiz xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha taraqqiy topgan ko‘pgina davlatlar darajasiga tobora yaqinlashib borayapti, deb aytishga to‘liq asos bo‘la oladi.

Hozirgi vaqtga kelib, O‘zbekistonda AKT’ni joriy etish va rivojlantirishga bir qator Qonunlar, Prezident Farmoyishlari, Prezident va Hukumat Qarorlari, davlat va tarmoqqa oid standart va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar mustahkam asos bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Oxirgi yillar mobaynida davlat organlarini kompyuter texnikasi bilan ta’minlash, ma’lumotlarni lokal va korporativ darajada uzatish, Internet tarmog‘iga ulanishi (hozirda barcha davlat organlari bunday imkoniyatga ega) bo‘yicha anchagina ijobiy yo‘nalishdagi ishlar amalga oshirildi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, oxirgi 10 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha katta natijalarga erishdi. Bu borada (14tadan kam bo‘lmagan) bir qator muhim qonunlar qabul qilindiki, ular elektron hukumatning jadal sur’atlarda rivojlanishiga turtki bo‘ldi.

Elektron hukumatni rivojlantirish jarayonida ma’lumotga boy resurslar va davlat organlari tizimi yaratiladiki, bunda elektron xizmatlar faoliyati yagona davlat portalidan (bunga interaktiv davlat xizmatlarining yagona reestrini yaratish ham kiradi) amaliy jihatdan olib borilishi ta’minlanadi va saytga joylashtirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari yaratiladi. Ammo bu xizmatlarni amalga oshirish, ya’ni ma’lumotlarni taqdim etish faqat bir yo‘nalishda, ya’ni davlatdan — fuqarolarga tomon shaklida ham amalga oshirilishi mumkin. Albatta, bu muhim ahamiyatga ega, ammo bu bunday turdagi xizmat ko‘rsatishning yetukligi darajasi (besh darajali ko‘rsatkich bo‘yicha) nuqtai nazaridan, faqatgina uning boshlang‘ich bosqichi shakliga mos keladi.

Mamlakatimizda 2012-yilning ikkinchi yarmida qabul qilingan qonun va farmoyishlar respublikada elektron hukumatni rivojlantirishni yanada jadal sur’atlarda o‘sishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi, natijada mamlakatimiz ushbu yo‘nalishda sezilarli natijalarga erishdi. Bunday yo‘nalishdagi ishlardan eng muhimlarini ajratib ko‘rsatish mumkin, ulardan biri davlat axborot tizimining yaratilgani (GIS) va shuningdek, bunda davlat hukumat organlari tomonidan tegishli resurslarni ma’lumotlar bazasi/reestri shaklida jamlanishini aytib o‘tish joiz. Davlat axborot tizimining shakllanishida, ayniqsa, 2006–2007 yillardagi hukumat qarorlari muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.

davl_26_02_2015_1

O‘zbekistonda davlat ma’lumot resurslarining tartibga solinishi

Bugungi kunda barcha davlat organlari tomonidan, doimiy ravishda, yangilanib turuvchi veb-saytlar yaratilgan bo‘lib, ular yuridik va jismoniy shaxslarga davlat organlarining faoliyati va ular qabul qilayotgan qarorlari haqida keng ma’lumotlar berib bormoqdalar. Davlat organlari tomonidan foydalanuvchilarga 200 turga yaqin davlat interaktiv xizmatlarini ko‘rsatish amalga oshirilmoqdaki, ularning faoliyati ochiq, tiniq, va tezkor bo‘lishga qaratilgan. Davlat axborot resurslarining umumiy soni 195taga yetgan bo‘lsa, ro‘yxatga olingani 108tani tashkil etmoqda. Yagona himoyalangan elektron pochta va elektron hujjat aylanishi tizimiga 118ta davlat va xo‘jalik organlari boshqaruvi, joylardagi hukumat organlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro apparatining 26ta bo‘linmasi ulangan.

2012–2014 yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasida AKT’ni kelgusida hayotga tatbiq etish va rivojlantirishga qaratilgan dastur qabul qilingandan so‘ng (2012-yil) axborot tizimini davlat organlarida yaratish bo‘yicha ishlar faollashdi. 2014-yil oxirigicha davlat organlarining 32ta axborot tizimi kompleksini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan bo‘lib, u o‘z navbatida, iqtisodiyotimiz turli soha va tarmoqlarining 86ta axborot tizimini o‘z ichiga oladi. Yagona himoyalangan elektron pochtani va elektron hujjat aylanishi tizimiga 127 davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, 14 viloyat va 194 tuman hokimliklari ulangan. 2013-yil 1-iyuldan boshlab Axborot xizmati ishga tushirilib, Yagona portal xizmatlari va axborotdan foydalanish, foydalanuvchilarni kecha va kunduz axborot bilan ta’minlash, murojaatlar statusi haqida axborot berish, davlat organlari faoliyati, Yagona portal servislari va xizmatlari haqida ma’lumotlar olish imkoni paydo bo‘ldi (O‘zbekistonda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga tushdi. [Elektron resurs]. URL http://www.haqida.uz/news/supercars/2059-zbekistonda-yagona-interaktiv-davlat-xizmatlari.html).

Axborot dolzarbligi va keng omma uchun ommabop bo‘lgan saytlardan Davlat soliq qo‘mitasi, Statistika bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi kabi davlat organlarining veb-sahifalari sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘z saytida «Elektron hukumat to‘g‘risida» Qonun loyihasini chop etgan («Elektron hukumat to‘g‘risida» Qonun loyihasining birinchi tahriri chop etilgan. [Elektron resurs]. URL: https://www.gazeta.uz/uz/2013/11/20/ql) bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining 2013–2014 yillar uchun Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlatirish kompleks dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan. Hujjat ishlab chiqishda ishchi guruh qatnashib, mazkur guruh tomonidan elektron hukumat sohasida chet el tajribasi batafsil o‘rganilgan. Jumladan, Koreya Respublikasining «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi qonuni hamda shunga o‘xshash Rossiya, Belo-russiya, Bolgariya, AQSH va boshqa mamlakatlar qonunlari ko‘rib chiqilgan.

davl_26_02_2015_2

(Elektron hukumatning rivojlanish bosqichlari. [Elektron resurs]. URL e-hukumat.uz/files/e-hukumat/AKT_UZB/AKT_24/3.ppt.)

Hozirgi kunda «elektron hukumat»ning samarali elementlari sifatida 20dan ortiq loyihalar(«Elektron hukumat» tizimi va interaktiv davlat xizmatlarning rivojlanishi. [Elektron resurs]. URL: http://nbu.uz/razvitie-sistemi-elektronnoe-pravitelystvo-i-interaktivnih-gosudarstvennih-uslug) amalga oshirilgan. Mavjud elektron hukumat tizimi asosan davlat sektorining bek-ofislari texnik ustuvorligi bilan belgilanadi. Aholi uchun mo‘ljallangan xizmatlar soni nisbatan kam bo‘lib, ularni ko‘paytirish talab etiladi.

2012-yilda interaktiv xizmatlar davlat reyestri davlat xizmatlarining mazmuni, shakllari va jarayonlar xususiyatlariga ta’rif beruvchi umumiy/namunaviy reglamentlarni tatbiq qilgan holda qayta ko‘rib chiqildi. Hozirda va bundan oldin ham maqsad — barcha davlat xizmatlarini onlayn rejimida taqdim etishdir. 2009-yilda 9ta mavzu bo‘yicha guruhlar doirasida 102 axborot turi belgilangan edi. Mazkur sohaning keyinchalik rivojlanishi davlat xizmatlar soni oshishiga olib keldi.

davl_26_02_2015_3

Asosiy davlat interaktiv axborot xizmatlari

Bugungi kunda Milliy axborot tizimi tarkibiga 84 turli axborot tizimini o‘z ichiga olgan 32 axborot tizimi kiradi. Ularning barchasi 2012–2014 yillar mobaynida integratsiyalashtirilishi shart (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yangi imkoniyatlari. [Elektron resurs]. URL: http://uza.uz/oz/tech/akhborot-kommunikatsiya-tekhnologiyalarining-yangi-imkoniyatlari-02.08.2013-27867). Jumladan, 84 sub-tizim (reyestrlar/ma’lumotlar bazalari), ulardan 6 tasi 2012-yilda, 15 — 2013-yilda, 11 — 2014-yilda yaratilishi ko‘zda tutilgan. Keltirilgan ro‘yxatdan ko‘rinib turibdiki, barcha 32 axborot tizimlaridan 84 foizi «davlat xizmatlari — davlatga» (G2G) tizimida xizmat ko‘rsatish uchun ishlab chiqarish potensialiga ega turli davlat tashkilotlar va bo‘linmalari ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan; faqatgina 7ta tizim gibrid turida bo‘lib, biznes va aholi uchun xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangandir.

Shu bilan birga, davlat organlariga AKT’ni joriy etish natijalari hozirgi vaqtda asosan ichki idoraviy tusga ega, ichki masalalar yechimi uchun mo‘ljallangan, bu esa idoralararo munosabatlarni sezilarli darjada yaxshilashga hamda jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifatini oshirishga imkon bermaydi.

Avval shakllangan davlat axborot tizimlari va resurslari turli tarqoq platformalar va texnologiyalarda ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardagi ma’lumotlar boshqa davlat organlariga tezkor kirish imkoniyatini chegaralaydi, bu esa amaliyotda idoralararo axborot almashinuv paytida sezilarli vaqt to‘xtashlarga, har xil tizimlarda axborotning ko‘p marotaba yig‘ilib qolishi va takrorlanishiga olib keladi. Misol uchun, jismoniy shaxslar reestrlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda Davlat personallashtirish markazi tomonidan bir vaqtning o‘zida olib boriladi.

Mazkur tendensiyani hisobga olib, hozirgi vaqtda jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish doirasida hamda davlat organlarining o‘zaro munosabatlari elektron shakllarda yuridik ahamiyat, ishonchlilik va axborot xavfsizligini ta’minlovchi yagona texnologik infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Hozirgi vaqtda ko‘pchilik davlat organlarida markazlashgan ma’lumotlar bazalari, yagona turdagi umumiy foydalaniladigan ma’lumotnoma, klassifikatorlar va malakali kadrlar masalasiga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir. Yuqorida ko‘rsatilgan kamchilik va holatlarni bartaraf etish uchun konsepsiya maqsadi va vazifalariga javob beradigan Kompleks dasturda «Elektron hukumat» infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutish lozim. Elektron hukumat yangi tizimini shakllantirishga yo‘naltirilgan reja bo‘yicha komponentlar va tadbirlar ketma-ketligi sxematik tarzda ko‘rsatilishi mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, yangi avloddagi elektron hukumatning milliy strategiyasini yaratishda markaziy (respublika darajasida) davlat hokimiyat organlari (Axborot texnologiyalari va telekomminikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi) hamda mahalliy hokimiyat organlari jalb qilinishi mumkin. Bu juda muhim qadam bo‘lib, davlat boshqaruvida yangi interaktiv raqamli texnologiyalar kirib kelishini anglatadi.

davl_26_02_2015_4

2017- yilgacha O‘zbekistonda elektron hukumat tizimini rivojlantirishning Kompleks dasturini amalga oshirishni rejalashtirish
(Elektron hukumat. [Elektron resurs]. URL: e-gov.karsu.uz/files/uploads/resurs/uz/36-4.ppt)

Boshqa bir ijobiy jihat sifatida elektron hukumat masalalari bo‘yicha turli mamlakatlar ilg‘or tajribalaridan foydalanish va o‘rganishning ehtiyoji paydo bo‘lganligini aytish mumkin (ishchi guruhlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi). Muhimi, xorij tajribasini qo‘llash jarayonida tez-tez uchrab turadigan xato va kamchiliklarni bartaraf etgan holda, ushbu masalaga ijobiy va kerak bo‘lsa, ijodiy tomondan yondashish maqsadga muvofiqdir.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq