Bank sohasida interaktiv xizmatlarni joriy etish masalalarining muhokamasi
26.02.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

bank_26_02_2015

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda O‘zbekiston bank assosiatsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent moliya institutida «Bank tizimida elektron to‘lovlar va interaktiv xizmatlarii rivojlantirishning dolzarb masalalari» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu davra suhbatini tashkil etishdan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010- yil 26- noyabrdagi PK-1438 sonli «2011-2015 yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi qarorining ijrosini ta’minlashdan iboratdir.

Davra suhbati jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank, tijorat banklari, Davlat soliq qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi mutaxassislari ishtirok etishdi.

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining Interaktiv xizmatlarning yagona portalini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Umarov Baxtiyor “Bank sohasida interaktiv xizmatlar” mavzusida o‘tirganlarga taqdimot namoyish etib Yagona portalda bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi.

Eslatib o‘tamiz, Yagona portal orqali yuridik shaxs maqomiga ega kichik biznes sub’yektlarining kredit olishi uchun arizalarni yuborish interaktiv xizmati, bank to‘lovi kartochkasini olish uchun ariza yuborish, qishloq joylarida namunaviy uy-joylar masalalari bo‘yicha shikoyatlarni taqdim etish, to‘lov terminaliga ega bo‘lish uchun onlayn ariza yuborish kabi xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan.

Qolgan tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha xizmatlar ma’lumot ko‘rinishiga egadir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq