Atmel studio 6 muhitida dasturiy ta’minot yaratishning afzalliklari
26.02.2015
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Xalima Abasxanova.

atm_26_02_2015

Yangi texnologiyalar hayotimizni boyitib borayotgan bugungi kunda, soha mutaxassislari oldida texnologiya jarayonlarini o‘rnatish, tarkibiy qismlarining qo‘llanilishi, zamonaviy texnologiyalar asosida tarmoq yaratish kabi masalalar tadqiqoti dolzarb vazifa bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekistonda axborot texnologiyalari rivojlanishiga qaratilgan ko‘plab Qonun va davlat hujjatlari qabul qilingan. Mazkur muhim hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun keng yo‘l ochib berilmoqda.

Bu esa O‘zbekistondagi telekommunikatsiya aloqa tizimlariga juda katta miqyosdagi ishlarni amalga oshirish, aholiga yuqori sifatli turli telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etishning muhim omilidir. Shu nuqtai nazardan, mikrokontrollerlar asosida dasturiy boshqariladigan qurilmalarni yaratish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Buning uchun qurilmalar uchun dastur yaratish jarayonini amalga oshirish zarur bo‘ladi. Vizual dasturlash muhitlarini qo‘llash ushbu masalalarni hal qilishda yordam beradi. Mazkur muhitlardan biri Atmel studio 6 muhiti bo‘lib hisoblanadi.

atm_26_02_2015_1

Atmel studio6 muhiti oynasi

Atmel studio 6 — bu yagona ARM va AVR mikrokontrollerlari uchun dasturlash muhiti bo‘lib, foydalanish uchun qulay va oson hisoblanadi. Atmel korporatsiyasi ishlab chiqqan integrallashgan muhit ARM Cortex-M yadroli 8/32-razryadli AVR mikrokontrollerlari uchun mo‘ljallangan. AVR-qurilmalar uchun dasturiy ta’minot yaratadi va undan tashqari o‘rnatilgan JTAG emulyatorini saqlaydi.

Ushbu muhitda loyihalashtirishning afzalliklaridan biri shundaki, dasturlash jarayonida nafaqat dasturiy ta’minotni, balki mikrokontroller ichki qurilmalarining ish tamoyili, ularning ma’lumot almashish jarayonlarini kuzatish mumkin. Dasturlash jarayonida panelning o‘ng tomonida mikrokontroller portlari, ularning belgilanishi, ish jarayonini kuzatish mumkin. Tuzilgan dastur asosida muhitning o‘zida mikrokontrollerga dastur yozish (proshivka) ham keltirilgan bo‘lib, u esa o‘z navbatida, boshqa yordamchi qurilmalarni talab etmaydi. Atmel studio 6 o‘z tarkibida, Atmel QTouch Composer paketini mujassam qilgan bo‘lib, dasturchilar uchun dasturlash jarayonida bir dastur qismidan ikkinchisiga o‘tish qiyinchiliklari mavjud bo‘lmaydi.

atm_26_02_2015_2

Dastur yozish oynasi

Ushbu muhit imkoniyatlaridan biri har qanday dasturlarni assembler va S dasturlash tillarida ham tuzish mumkin. Dasturlash jarayonida ularning konfiguratsiyalarini ham moslashtirish kerak bo‘ladi. Buning uchun qulay interfeys imkon yaratadi

atm_26_02_2015_3

Mikrokontroller portidagi ma’lumot

Dasturlash jarayonini mikrokontroller chiqishlarida ko‘rish mumkin.

atm_26_02_2015_4

Proteus modellashtirish muhiti

Keltirilgan jarayonlarni Proteus oynasida sinab ko‘rish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, Atmel studio 6 muhiti interfeysi foydalanuvchi uchun tushunarli va qulay bo‘lishi bilan birga, murakkab o‘rnatilgan tizimlar uchun dasturni yaratish jarayonining oddiyligi, dastur tarkibida mikrokontroller turlarining mavjudligi, ularning qurilmalari tarkibiy qismining ishlash jarayonini kuzatish imkoniyati mavjudligidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. J. YU. Yunusov, X. YU. Abasxonova. Raqamli qurilmalar va mikroprotsessor tizimlari. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2010.
2. Amirsaidov U.B., X. YU. Abasxanova. Mikroprotsessorlar. o‘quv qo‘llanma. Toshkent 2014.
3. Программирование на ассемблере для AVR-микроконтроллеров: Лаб.практикум по основам микропроцессорной техники / А. Ю. Бальзамов. — Саранск: Изд-во Мордов. ун-та, 2012.
4. Ю. А. Шпак Программирование на языке С для AVR микроконтроллеров К: «МК-Пресс», 2006.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq