2014 yilda “Beeline” tarmoq rivojlanishiga $79 million sarmoya qildi
26.02.2015
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

2014 yilning IV choragi natijalariga ko‘ra O‘zbekistondagi “Beeline” abonentlari soni telekom-sohasi tarixida rekordli 10 593 000 kishini tashkil etdi. Bundan tashqari o‘tgan yil mobaynida kompaniyaning kapital harajatlari 79 million AQSh dollarini tashkil etdi.

25 fevral kuni yetakchi halqaro telekommunikatsion provayderlardan biri “VimpelCom” Ltd (O‘zbekistonda “Beeline” savdo belgisi) 2014 yilning IV choragi bo‘yicha moliyaviy va operatsion natijalarini e’lon qildi.

O‘zbekistondagi “Beeline” uyali aloqasi abonentlarining soni to‘trinchi chorak natijalari bo‘yicha 10 593 000 kishini tashkil etdi. Shunday qilib, yil davomida abonent shartnomalari sonining o‘sishi – 75 000 yoki 1%ni tashkil qildi. Bir oy davomida bitta mobil abonentiga bo‘lgan o‘rtacha hisob (ARPU ko‘rsatkichi) yildan yilga $0,8 ga o‘sdi. Bunda MOU ko‘rsatkichi (bir oyda bitta abonent tomonidan foydalanilgan daqiqalar soni) yil mobaynida 528 daqiqagacha o‘sdi (o‘tgan yildagi 493 daqiqaga nisbatan).

O‘zbekiston bozorida yetakchilik qilayotgan kompaniyaning chorak operatsion foydasi yil mobaynida 7%ga oshdi va 186 mln AQSh dollarini tashlik etdi.

“O‘zbekistondagi “Beeline” abonentlarining faolligi o‘sgani haqida “VimpelCom” hisobotidan ko‘rish mumkin: ularning har biri bir oy davomida o‘rtacha yarim soatga ko‘proq muloqot eta boshladilar. Mobil Internetdan foyda 30%dan ortiq ko‘paygani ham ahamiyatga olinsa, tarmog‘imizga ham ovoz, ham data-trafik tomonidan og‘irlik sezilarli darajada oshganini ko‘rsatadi. Yangi takliflarni chiqarish bilan bir qatorda bu darajadagi o‘sishni biz aloqa kanallarini kengaytirish va yangi uskunalarga yo‘naltirilgan qo‘shimcha sarmoyalar tufayli uddaladik – o‘tgan yili bu sarmoyalar 79 million dollarni tashkil etdi. Albatta, bu yili biz xizmatlar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan yo‘limizni saqlab qolamiz, chunki bu bizning bozordagi strategiyamizning ustuvorligidir”, — yil natijalarini sharhladi “Unitel” MChJ Bosh direktori Vladimir Petrov.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq